Iqtisodiyot nazariyasi


Ichki milliy mahsulot — Amortizatsiya = S.M.M



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə138/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Ichki milliy mahsulot — Amortizatsiya = S.M.M.

Sof millii mahsulot - Egri soliqlar = M.D.

Milliy daromad — ijtimoiy sug'urta ajratmalari - korxona foydasiga soliqlar - korxona taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to'lovlar = Shaxsiy daromad shaxsiy daromad - Shu daromad hisobiga soliqlar=Soliqlar to'lanadigan keyingi daromad.
3-§. Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisob tizimidan foydalaniladi.

Milliy hisoblar — bu YAMM va milliy daromadii ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishini xaraktsrlaydigan o'zaro bog'liq makroiqtisodiy qo'rsatkichlar tizimidir.

Bunday hisoblar xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo'llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O'zbekistonda mazkur tizim keng qo'llaniladi.

Milliy hisoblar asosini yig'ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo'lishi mumkin. Daromadlar xo'jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarnshtg boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to'rtta guruhdan iborat bo'ladi: iste'mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar mikroiqtisodiyotning me'yoridagi muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashiga yordam beradi.

YAMM (IMM) uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:



Birinchi usul — bu YAMMni hisoblashga qo'shilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo'yicha yaratilgan qo'shilgan qiymatlar qo'shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo'yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAMM (IMM) alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o'rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Masalan, O'zbekistonda IMM (YAIM) 1998 yil xalq xo'jaligi tarmoqlari va sohalari bo'yicha 1358,8 mlrd so'mni tashkil qilgan. Shu jumladai:

moddiy ishlab chiqarish sohalarida — 671,1mlrd so'm (49,4%) xizmat ko'rsatish sohalarida — 476,9 mlrd. so'm (35,1%).


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin