Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə210/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

2-§. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo'lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi tez sur'atlar bilan o'sadi. Bu holning sabablari ko'p bo'lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayottining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o'sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi.

Budjet taqchilligining o'sishi mutloq miqdorda va uning YAPI milliy mahsulot (YAMM)ga iisbatida aniq namoyon bo'ladi. [999 yilda Respublikamiz davlat budjetining taqchilligi MMga nisbatan (1,8) faqat 2 foizni tashkil qilgan.

Byudjst taqchilliganing o'zgarishi xo'jalik konyukturalariga joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va rsjalanishlarni ham aks ettiradi, krizislar davrida davlat budjetga mablag'lari hisobidan iqtisodiyotning ma'lum sektorlari ishlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlarda, investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi.

Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash) ning muhim shroiti davlat krediti bo'lib chiqadi. Davlat krediti deganda, mavlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida chiqadigan barcha moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig'indisi tushuniladi.

Moliyaviy resurslarni davlat qarz olishning asosiy shakli bu davlat zayomlarini chiqarish hisoblanadi.Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi.

Davlat o'z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko'payishi bilan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha massasini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjeti moliyalashtirish pul muomalasiga to'g'ridan-to'g'ri inflyatsion ta'sir ko'rsatadi. Pul massasining o'sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko'payishi bilan birga bormaydi.

Davlat qarzlarining to'xtovsiz ko'payib borishi, milliy daromadni foiz to'lovlari shaklida, tobora ko'proq qayta taqsimlanishga olib keladi.

Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo'yicha foiz to'lovlari o'sish sharoitida, davlat qarzlarini to'lash vaqtini imkon darajada cho'zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o'rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo'yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berish va vaqtincha davlatnin moliyaviy ahvolini yengillashtirish mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshiish va qarzlar umumi miqdorining o'sishi bilan bog'liq.

Xo'jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o'sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o'ziga zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun, bo'sh pul mablag'larining milliy chegaradan tashqaridagi manbaalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi.

Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining milliy bozoridan va ham tashqi bozoridan qarz oladi.

Xalqaro kreditning tez o'sishi kapitalning mamlakatlarar» migratsiyasi, mamlakat va regionlar iqtisodiy o'zaro bog'liqligining chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning extiyojlarini qondirish, ham davlat byudjei taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o'sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiy milliy vositalar bilan nazorat qilib bo'lmaydigan ham kreditor va ham debitor mamlakatlar iqtisodiyotini kuchayib boruvchi bog'liqligi hisoblanadi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin