Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Pul muomalasi va unipg amal qilish qonuniyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə217/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

1-§. Pul muomalasi va unipg amal qilish qonuniyatlari
Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda totovar xarakteridagi to'lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar ia unga tenglashtirilgan aktivlarning harakatidir. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to'lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo'lgan pul massasi ularni qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.

Pul muomalasi o'ziga xos qonunlarga asoslangan holda shalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.

Muomalani ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagilarga bog'liq.

1. Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi yaozim bo'lgan tovarlar summasiga. Tovarlar qancha ko'p bo'lsa va narxi baland bo'lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko'p pul birliga talab qilinadi.

2. Pul birliganing aylanish tezligiga.

Pul bir xil bo'lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko'p omillarga, jumladan ular xizmat qilayottan tovarlar turiga bog'liq.

3. Muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori puldan to'lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham borliq. Ko'pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to'lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to'lash vaqti boshlanadi .Bu pulga ehtiyojni ko'paytiradi.

Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin