Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli



Yüklə 24,38 Kb.
səhifə1/3
tarix17.05.2023
ölçüsü24,38 Kb.
#115505
  1   2   3
Pul muomalasi, kredit va banklar. Monetar siyosat va foiz stavkasi

PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI ROLI


REJA:

  1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bо‘lgan talab va pul taklifi.

  2. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari.

  3. О‘zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash vazifalari.

  4. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari.

  5. Bank tizimi.Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari.

  6. О‘zbekistonda milliy valyutani mustaxkamlash vazifalari.

  7. Banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bо‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari tо‘xtovsiz harakatda bо‘ladi, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida resurslar uchun tо‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni tо‘lashda pul qо‘ldan qо‘lga о‘tib, aylanib turadi. Pulning о‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi tо‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qо‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (sо‘m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy tо‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
M0 – muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar.
M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqlaridagi pul mablag‘lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bо‘lgan pul omonatlari.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma hisob varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag‘larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga о‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.

Inflyatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlikning kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bо‘lgan holat hisoblanadi.



Yüklə 24,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin