Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Narxning mazmuni va uning vazifalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə81/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

3-§. Narxning mazmuni va uning vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o'zlarining namoyon bo'lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag'batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, lekin doim bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo'lmaydigan ikki xususiyatga, ya'ni ma'lum bir naflilikka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o'quvchiga oldingi mavzulardan ma'lumdir.

U yerda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o'tgan edi. Baholar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning birligini, bunda iste'mol qiymat (naflilik) qiymatni o'zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to'g'ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta'rif berilmoqda.

Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past bo'lishiga), uning o'zgarishiga turli xil omillar ta'sir qiladiki, bu ham masalani to'g'ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.

Masalan, klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g'oyalarida hamda siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo'lsa, marjinalizm yo'nalishidagi va hozirgi davrdagi P. Samuelson, Makkonell va S. Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida tovar narxining asosini uning nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda keyingi qo'shilgan tovar nafligiga alohida e'tibor beriladi.

Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o'zlaricha turli isbotlar topib, o'z g'oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.

Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo'lib, ulardan ayrimlari doimiy mehnat sarfi sifatida to'la tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o'zi deb qarash noto'g'ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta'sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo'lishi mumkin.

Jumladan, o'zgarib turuvchi talab va taklif ta'siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta'sir ko'rsatadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste'mol xususiyatlari o'zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya'ni uning nafliligini ham hisobga oladi.

Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy iste'mol qiymat» tushunchasining o'zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini ko'rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o'zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasiping bir vaqtda mavjudligini va ularning ma'lum miqdorini pul ko'rinishda ifoda etadi.

Tovardagi ikki xususiyati birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo'lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste'mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o'z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma'lum darajada, iloji boricha ko'proq foyda olishni ta'minlashi mumkin bo'lgan darajada qiymatni pul shaklida o'zgartirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko'proq naflikka (iste'mol qiymatiga) ega bo'lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to'g'ri kelgan nuqtada, darajada narx o'rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo'ladi.

Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyida) chizmaga e'tiborni jalb etamiz.

4-Chizma
Bu chizmadan tovarning narxi ma'lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan chambarchas bog'liqlikda o'zgarishini ko'rish mumkin. Unda tashqari, hozirgacha real hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o'zgarishini bir ko'rsatkichga keltirib hisoblashning pul ko'rinishidan boshqa o'lchami iqtisodiy fanlarda topilgan emas.

Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx — real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliliginipg puldagi ifodasidir.

Bu yerda shuni yana bir bor ta'kidlash joizki, narhi alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixslogik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balk jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiya uchun zarur bo'lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste'mol qiymat) o'z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o'sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko'rsatkichlarining o'sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.

Masalan, mashinalarda ot kuchining oshishi, salonlarida, boshqaruv va tezligida bo'lgan o'zgarishlar uning narxining oshishiga sabab bo'ladi. Chunki shu o'zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan harajatlar ham oshgan bo'ladi. Bunday ikki tomonlama o'zgarishlar natijasida narxlarning o'zgarishi xamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o'zgarishi natijasida o'zgaradi.

Uning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat o'zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi.

Narxning mazmunini to'laroq tushunish, uning darajasiga ta'sir etuvchi omillarni bilish muxim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari:

Qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati, davlatning iqtisodiy siyosati va h. k. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo'lib xizmat qiladi.

Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo'ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo'lsa, ijtimoiy qiymat o'zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan oshiq bo'ladi, yoki aksiicha taklif talabga nisbatan ko'proq bo'lsa, ijtimoiy qiymat o'zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo'ladi.


5-Chizma
Narx darajasiga boshqa omillarning ta'siriga alohida to'xtalmasa ham bo'ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko'p bo'lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo'lishi hammaga ayondir.

Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko'rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo'ladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin