Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, xududlar va nihoyat, korxonalar o'rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo'lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko'rinishi bo'lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Bunda ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo'lsa taqsimlanadigan tovar va xizmatlar hajmi, binobarin daromadlar hajmi ham shuncha katta bo'ladi hamda daromadlar kishilarning qilgan mehnatining miqdori va sifatiga yoki qo'shgan kapitalining (pul, ishlab chiqarish vositalarining) miqdoriga qarab ular o'rtasida taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va to'g'ri bo'lsa, ishlab chiqarishning yuksalipshga shuncha ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uni rag'batlantiradi yoki aksincha.