Asosiy tayanch tushunchalar Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to'qnashishidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi raqobat — tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o'z mavqyeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat.
Raqobat shakllari— raqobatchilik muhitning yetuklik darajasi bkiai farqlanib, sof (erkin) raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyani o'z ichiga oladi.