Raqobat usullari — raqobat kurashida qo'llaniladigan vosita va dastaklardan iborat bo'lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz raqobatlashish usullari orqali amalga oshiriladi.
Narx - bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Ulgurji narxlar — ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo'la ko'tarasiga sotilganda mavjud bo'ladi.
Chakana narxlar— tovarlar bevosita iste'molchilarga sotiladigan narxlardir.