Iqtisodiy tahdidlar
Iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlar: iqtisodiy jinoyatlarni oldini olishning huquqiy jihatlari
Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan joriy yilning 15 dekabr kuni “Iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlar: iqtisodiy jinoyatlarni oldini olishning huquqiy jihatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Bojxona instituti vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida O'zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasini amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat va soliq sohasidagi jinoyatlarni oldini olish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, shuningdek AKT vositalaridan foydalanib sodir etilayotgan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda xalqaro amaliyotda e'tirof etilgan jinoyat-huquqiy institutlar, norma va standartlarni implementatsiya qilish, shu jumladan yuridik shaxslar jinoiy javobgarligi, jinoiy daromadlarni musodara qilish, noqonuniy boylik orttirish va g'arazli maqsadlarda mavqeidan foydalanish kriminalizatsiya qilish masalalari ko'rib chiqildi.
Dostları ilə paylaş: |