2.3. Aylanma fondlar va muomila fondlar tarkibi. Ishlab chiqarish aylanma fondlar - ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishlab chiqarish fondlardan ishtirok etish xarakteri bilan farq etadilar. Ular har bir ishlab chiqarish tsiklida bir marotaba ishtirok etib, o’z natural xolatini o’zgartiradilar yoki yo’qotadilar va o’z qiymatlarini tayyor mahsulotga butunlay o’tkazadilar.
Ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan funktsiyalariga qarab ishlab chiqarish aylanma fondlari 3 guruhga bo’linadilar;
xom-ashyo va asosiy materiallar - bu ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga butunlay kiruvchi yoki uning zarur komponenti sifatida asosini tashkil qiluvchi turli xil materiallar;
yordamchi materiallar - bu ishlab chiqarish texnologik jarayonida ishtirok etib, reaktsiya tezligi, mahsulot sifati va ko’rinishiga ta’sir etuvchi, ammo mahsulot tarkibiga kirmaydigan materiallar (katalizator, kimyoviy reagent, reaktiv, yog’lash va artish materiallar va h.k.);
qiymati kam buyumlar (bahosi minimal ish xaqidan 50 marotabalik miqdoridan kam bo’lgan xo’jalik instrument va inventar);
ishdan tez chiquvchi buyumlar (qiymatidan qa’tiy nazar xizmatt davri 1 yilgacha bo’lgan mehnat vositalari va buyumlari – maxsus kiyim bosh oyoq kiyimlari (poyafzal va boshqalar) dan iborat;
Tugallanmagan ishlab chiqarish:
chala mahsulot- bu ishlab chiqarish tsexlar va uchastkalarda tayyor mahsulot bo’lishiga qadar qisman ishlov berilib, ammo sotilishi mumkin bo’lmagan mehnat buyumlari;
shaxsiy, o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar - bu tsexlar va uchastkalarda ishlov berilgan, ammo hali tayyor mahsulot ko’rinishiga kirmagan, lekin sotilishi mumkin bo’lgan (chunki tovar qiymatga ega) mehnat buyumlari.
Bo’lajak davr harajatlari – bu kelajak davrda mahsulot tannarxi (ishlab chiqarish sarflari)ga kiritiladigan, ammo rejalashtirilgan yilda sarf bo’ladigan harajatlar (yangi tur mahsulot), yangi texnologiyalarni loyihalashtirish, o’zlashtirish, gazeta va jurnallarga obuna qilish, ijaraga olingan xonalar uchun avans to’lovlari, ratsionalizatorlik takliflarni joriy etish, telefon bilan bog’liq va shunga o’xshash boshqa sarflar.
Aylanma mablag’lar ham natural ko’rsatkichlar ham pul ifodasida hisobga olinadilar.