"Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar" fakulteti "Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar" kafedrasi «Industrial iqtisodiyot»



Yüklə 101,17 Kb.
səhifə4/12
tarix13.10.2022
ölçüsü101,17 Kb.
#65095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Afedrasi «Industrial iqtisodiyot» fanidan kursish

Kurs ishning maqsadi."Iqtisodiyot doimo moddiydir" iborasi insonning hayotiy ehtiyojlari, ya’ni uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, avtomobil va hokazolarga bo’lgan ehtiyojlaridan tashqari, iqtisodiyotning axrli va xalq xo’jaliga uchuch zarur bo’lgan mahsulot(tovar) tayyorlash moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan aloqasini ham aks ettiradi. Aynan moddiy ishlab chiqarish sohasi (sanoat, qishloq xo’jalish, qurilish, transport va hokazo) aholining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi. Mehnat bilan bandlik ko’rsatkichi iqtisodiyot holatining o’ziga xos "barometri" vazifasnni bajaradi: aholining mehnat bilan bandligi qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik sur’ati Shunchalik past bo’ladi va aksincha.
Zamonavny fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishida kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish, Internet tarmog’iga kirishni ilgari surmoqda. Bu esa boshqaruv tizimining eng muhim bo’ginlaridan tashqari, ishchi kuchning sifatini oshirish vositasi hamda ishlab chiqarish jarayonini muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun turtki bo’lib xizmat qilishini oʻrganish.
Kurs ishining ob'yekti-Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishini tashkil etishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi tizimini tashkil etish.
Ishning predmeti-Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishini rejasini tuzib chiqish tasdiqlashni tashkil etishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi qismilarini o`rganish mazmuni, shakl va usullarini to'liq o'rgatish va mohiyatini ochib berish.
Tadqiqotning vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlar

I.BOB.asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati
1.1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko‘rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo‘jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashqil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortzisiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag’lar esa amortizasiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashqil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;

  • uzatish qurilmalari;

  • quvvat mashinalari va uskunalari;

  • ishchi mashinalar va uskunalar;

  • transport vositalari;

  • o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;

  • foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, shu sababli o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar, sport-sog‘lomlashtirish va boshqa obektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o‘z qiymatini sekin-asta yo‘qotishi kabi ko‘p jihatlari bilan o‘xshashdir.
Korxona asosiy fondlari tarkibini quyidagi 1-chizma ko‘rinishida aks ettirish mumkin.

1 - Chizma. Korxonaning asosiy fondlari tarkibi.


Mehnat predmetiga o‘tkazuvchi ta’siriga ko‘ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, yani biron-bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko‘plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog‘i ortadi, ularning tarkibi va ko‘rinishi o‘zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro‘y berganda korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli bo‘lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara).
Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo‘yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o‘lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari to’zilmasining, birinchi o‘rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko’paytirishga yo‘naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha to’zilmasi, ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning texnologik to’zilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Asosiy fondlarning turlar bo‘yicha to’zilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish darajasi ham katta ta’sir o‘tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkonieatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatasiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o‘rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatasiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo‘ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko‘payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko‘p harajatlar sarflanadi.



Yüklə 101,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin