Iqtisodiyot va agrotexnologiya


Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlashdagi asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish shakllari va usullari



Yüklə 45,05 Kb.
səhifə2/6
tarix18.12.2023
ölçüsü45,05 Kb.
#184137
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot va agrotexnologiya-fayllar.org

Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlashdagi asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish shakllari va usullari
Milliy agrar iqtisodiyotning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab–quvvatlashdagi asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
  1. Huquqiy tartibga solish vazifasi – davlat agrar iqtisodiyot barqaror rivojlanishini va har bir xo`jalik yurituvchi subyekt teng sharoitlarda faoliyat yuritishini ta`minlashga imkon beruvchi me`yorlar hamda qonunlarni qabul qilish orqali, ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning huquqiy asoslarini yaratishni nazarda tutadi.


  2. Barqarorlashtirish vazifasi – agrar iqtisodiyotda inqirozli holatlarni bartaraf etish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining pasayishiga yo`l qo`ymaslik va agrosanoat majmui tarkibining mutanosibligini ta`minlash bilan bog`liq.


  3. Tartibga solish vazifasi – xo`jalik yurituvchu subyektlarni samarali faoliyat olib borishini ta`minlash maqsadida bozor tuzilmalari bilandavlat boshqaruvining o`zaro manfaatliligi hamda uyg`unligini shakllantirishdan iborat.


  4. Rag`batlantirish vazifasi – milliy iqtisodiyot doirasida qishloq xo`jaligida fan – texnika taraqqiyotini, xususiy tadbirkorlikni, adolatli raqobat kurashini yoki boshqa ustuvor yo`nalishlarni rag`batlantirish va qo`llab – quvvatlash choralarini ifodalaydi.


  5. Taqsimlash vazifasi – ijtimoiy adolat va himoyalash vositasi sifatida daromadlarni qayta taqsimlash, shuningdek, ichki mahsulot atrkibini o`zgartirish maqsadida resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish bilan bog`liq.


  6. Ijtimoiy kafolatlash vazifasi – qishloq xo`jaligida ta`minot va aholining nochor qatlamlarini himoyalashning samarali tizimini yaratish, ishlab chiqarish va taqsimotning ijtimoiy yo`naltirilganligini ta`minlash, ta`lim, sog`liqni saqlash va madaniy tadbirlarga bo`lgan ehtiyojni qondirish bilan bog`liq chora – tadbirlarni o`z ichiga oladi.


  7. Muhofaza qilish vazifasi agrar ishlab chiqarishni salbiy xarakterdagi tashqi ta`sirlardan (masalan, atrof – muhit boshq.)saqlash, milliy Tovar ishlab chiqaruvchilarni tashqi eksportyorlardan yoki jahon bozoridagi kuchli raqobatdan himoyalash kabi vazifalardan iborat.


  8. Nazorat etish vazifasi – qishloq xo`jaligida qonuniy – me`yoriy hujjatlar, hukumat qarorlari va davlat andozalarining bajarilishi ustidan nazorat o`rnatish bilan bog`liq.


  9. Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi – xalqaro bozorlar qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksportyorlarining manfaatlarini himoyalsh, bojxona ta`riflari va soliqlar orqali eksportga yo`naltirilgan maxsulotlar yaratishni rag`bartlantirish, ular uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat.


  10. Istiqbolni belgilash vazifasi – qishloq xo`jaligini istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, barqaror agrar taraqqiyotining samarali variantlarini izchil amalga oshirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.



Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida davlatning qishloq xo`jaligini qo`llab – quvvatlashda eng muhim vazifalarida biri – tadbirkorlik tashabbusi va tanlov erkinligiga, mustaqil xo`jalik yuritish huquqi va o`z xususiy mulkiga ega bo`lgan bozor xo`jaligining subyekti tadbirkorlarni shakillantirish hamda ularning sog`lom raqobat vat eng xo`jalik yuritish sharoitlarida faoliyat ko`rsatishni ta`minlovchi huquqiy me`yoriy asoslarini yaratishdir. Davlat tadbirkorlikning butun ijobiy va mehnat qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi hamda ular xo`jalikni boshqarish jararayonini to`liqsiz amalga oshirishlari uchun zarur bo`lgan barcha shart – sharoitlarni, ya`ni tadbirkorlik va tanlov erkinligini qonunan mustahkamlab qo`yishi kerak. Shu bilan birga davlat tegishli qonuniy hujjatlar orqali bozor sharoitida xo`jalik yuritish qoidalarini belgilaydi.

Davlatning yana bir muhim vazifasi qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror talab va taklifning shakllanishini qo`llab – quvvatlashdir. Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror talabni shakllantirish uchun aholining daromadlarini o`stirish va qayta taqsimlash, iste`mol uchun zarur bo`lgan ba`zi mahsulotlarning baholarini tartibga solish kabi tadbirlar qo`llanilad. Davlat iste`moli uchun zarurbo`lgan hamda strategic ahamiyatga ega bir qator mahsulotlarga davlat buyurtmalarini shakillantirish orqali ham qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror talabni yuzaga keltirishga hissa qo`shadi.


Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror taklif hajmini qo`llab – quvvatlash bevosita xo`jaliklarda ishlab chiqarishni optimallashtirish, ularning moddiy – texnik salohiyatini oshirish, sohaga energiya va resurslarni tejash imkoniyatini beruvchi ilg`or texnologiya hamda fan – texnika yutuqlarini joriy etish ( baholar paretitini saqlash, soliq, moliya – kridet va sug`urta tizimi) orqali ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatda qulaylik va imtiyozlar yaratish orqali ta`minlanadi.
Davlatning uchunchi muhim vazifasi – qishloq xo`jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishga yetaklovchi sog`lom raqobat muhitini yasratishdir. Buning uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorning ochiqligi hamda adolatli raqobat muhitini yaratish, nosog`lom raqobat va monopoliyaga qarshi kurashning samarali vositalarni qo`llash choralari amalga oshiriladi.
Davlat qishloq xo`jaligi korxonlarining jaxon qishloq xo`jaligi va oziq - ovqat bozorlarida teng huquqli subyekt sifatida qatnashishi uchun qulay shart – sharoitlarni yaratib bermog`i lozim. Buning uchun davlat:

  • Qishloq xo`jaligi korxonalarining eksportga yo`naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirishga rag`batni oshirish;


  • Mahalliy bozorlarda ularni tashqi eksportyorlar raqobatidan yuqori darajada himoyalash (protensionizm) vositalarini ishga soladi.


Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida davlatning eng muhim vazifalaridan biri qishloq xo`jaligiga xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etishga ko`maklashishdir. Bu vazifani amalga oshirish dehqonlarga moddiy – texnik resurslar yetkazib beruvchi, mahsulotlarni saqlash, tashish, qayta ishlash va sotishga ko`maklashuvchi xizmat ko`rsatuvchi korxonalar tarmog`ini yaratish, bank, moliya va qimmatli qog`ozlar bozori, fond birjalari va yarmarkalar, axborot – maslahat markazlari hamda dehqonlar manfaatlarini himoya qiluvchu uyushmalar, fondlarni tashkil etish va rivojlantirishni nazarda tutadi.


Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab–quvvatlash borasidagi vazifalari ma`lum bir tamiyillarga tayanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillarni quyidagicha tavsiflash mumkin:

  • Qishloq xo`jaligining iqtisodiy mohiyatini, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini oziq – ovqat bilan ta`minlashda uning tutgan o`rnini va ahamiyatini ilmiy tushunish;


  • Zaruriyat va yetarlilik darajasida proteksionizm siyosati;


  • Qishloq xo`jaligini maqsadli – dasturiy tartibga solish;


  • Davlat homiyligining doimiy kafolatlanishi;


  • Qo`llab quvvatlash tadbirlarining tabaqalangan holda qo`llanilashi;


  • Davlat aralashuvining rag`batlantiruvchi yo`nalaishga egaligi;


  • Davalat aralashuvining ijtimoiy yo`naltirilganligi.


Davlat o`zining qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlashga oid vazifalarini turli shakl va usullarda amalga oshiradi. Tanlangan mezonning xususiyatlarida kelib chiqib, ularni quyidagicha turkumlash mumkin:


Davlatning agrar soha iqtisodiy jarayonlariga ta`sirli darajasiga ko`ra, tartibga solishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Davlatning qishloq xo`jaligiga bevosita ta`sir ko`rsatishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarini o`z tanlov erkinligidan kelib chiqib emas, balki davlat tomonidan belgilangan qonuniy – me`yoriy qoidalar asosida boshqaruv qarorlari qabul qilishga majbur etadi. Bunga soliq qonunchiligi, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo`yicha yo`riqnomalar va boshqalar misol bo`ladi.
Bilvosita usullar yordamida davlatning qishloq xo`jaligiga ta`siri takror ishlab chiqarishning makroiqtisodiy nisbatlarini ta`minlash maqsadida xo`jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini iqtisodiy dastaklar yordamida tartibga solishni ko`zda tutadi. Bunda davlat davlat iqtisodiy subyektlar tomonidan qarorlar qabul qilish jarayoniga to`g`ridan – to`g`ri aralashmaydi, balki bu qarorlarni davlatning iqtisodiy siyosatiga mos bo`lishini rag`batlantiradi.
Tashkiliy – institutsional mezonga ko`ra davlatning qoshloq xo`jaligini tartibga solishning ma`muriy va iqtisodiy usullari farq qiladi. Ma`muriy usullar xo`jalik yurutuvchi subyektlar uchun qonuniy va me`yoriy shart – sharoitlarini vujudga keltirish bilan bog`liq huquqiy infratizimni shakillantirishga oidchora – tadbirlar majmuasini o`z ichiga oladi. Uning vazifasi tadbirkorlik faoliyati uchun barqaror huquqiy sharoitlar yaratish, raqobat muhitini muhofaza qilish kabi tadbirlardan iborat.
Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish ma`muriy usullarning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • Ular davlat hokimiyatining qudrati va salohiyatiga aylanadi;


  • Ularni amalga oshirish bilan bog`liq qo`shimcha moddiy rag`batlantiruvchi choralar yaratishni shart qilib qo`ymaydi;


  • Taqiqlash, ruxsat berish va majbirlash tadbirlarini (kvotalash, litsenziya berish, me`yoriy normalar berish va h.k.) o`z ichiga oladi.


Ma`muriy boshqaruv o`z tabiatiga ko`ra, bozorga xos tartibga solish harakatiga to`sqinlik qiladi. Biroq rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma`muriy usullari o`z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo`lganda ulardan foydalaniladi. Xususan bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma`muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi.


Iqtisodiy usullar yordamida davlat bozor jarayonlarining rivojlanishini davlatning iqtisodiy siyosatiga mos yo`nalishga solish uchun ta`sir etish choralarini qo`llaydi. Iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishningma`muriy usullari bozor xo`jaligining o`z – o`zini boshqarish mexanizmiga qarshlik qilsa iqtisodiy usuillar ulardan faol bo`lishga rag`batlantiradi.
Iqtisodiyotning tartibga solish va qo`llab – quvvatlashning iqtisodiy usullariga quyidagilar kiradi:
  • Budjet – soliq siyosati;


  • Pul – kredit siyosati;


  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish;


  • Iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash.


Budjet – soliq tizimi xo`jalik yurutuvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan bevosita tartibga solishning samarali dastaklaridan biri hisoblanadi. Davlat budjetining xarajatlar qismi orqali daromadlarni qayta taqsimlash, qishloq xo`jaligi sohasida fan – texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlar olib boorish, agar iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga davlat investitsiyalarini yo`naltirish hamda qishloqda ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etish mimkin bo`ladi.


Soliq tizimi orqali qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini rag`batlantirish (soliq imtiyozlar va boshq.) amalga oshiriladi. Chunki progressive soliq tizimidan noto`g`ri foydalanish, ya`ni uning me`yorini haddan tashqari oshirib yuborish iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bu birinch navbatda, yuqori unum bilanmehnat qilish va yuqori daromad olishga bo`lgan manfaatni, investitsiyalarga bo`lgan rag`batni yo`qqa chiqarish bilan izohlanadi.
Pul – kredit tizimi davlatning qishloq xo`jaligiga bilvosita ta`sir ko`rsatish usullaridan biridir. Pul – kredit tizimi orqali:
  • Maqsadli kredit berish;


  • Kredit berishning yuqori chegaralarini belgilash;


  • Bank foizlarining darajasi ustidan bevosita nazorat o`rnatish;


  • Kreditlar bo`yicha foiz stavkalarini tartibga solish;


  • Tijorat banklarini qayta moliyalash me`yorlarini tartibga solish kabi iqtisodiy rag`batlantirish choralari ko`riladi.


Iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash (prognozlash) orqali davlat iqtisodiy jarayonlarga bilvosita ta`sir ko`rsatadi va ular xususiy tarmoq subyektlari uchun tavsiya mazmuniga egadir.davlat istiqbolni bashorat qilish orqali kelgusida ko`zda tutilgan vazifalar samarali amalga oshirilishining optimal variantlarini izlasa, iqtisodiy dasturlar orqali ma``lum bir tarmoq, hudud yoki ustuvor vazifalarini rivojlantirish masalalarini hal etadi.


Davlat o`zining real hokimiyati kuchidan foydalangan holda qishloq xo`jaligini ma`muriy usullar yordamida tartibga solsa, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida ularni qo`llab – quvvatlash choralarini amalga oshiradi. Erkin bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda davlatning ma`muriy usullar yordamida tartibga solish darajasi kamayib boradi. Ammo, uning ahamiyati saqlanib qoladi. Negaki, xususiy mulk va tadbirkorlik erkinligi daxlsizligini himoyalash monopoliyani cheklash, qonun ustuvorligini ta`minlash, ekologik muvozanatni saqlab turish kabi muhim tadbirlarni faqatgina kuchli davlat hokimiyati va ma`muriy usullar orqaligini ta`minlash mumkin.
Shu bilan birag iqtisodiy intitutsional usullar orqali fermer xo`jaliklarini qo`llab – quvvatlash ko`proq ahamiyat kasb etib boraveradi.
Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab – quvvatlash tadbirlari ilmiy – amaliy jihatdan asoslangan hamda ijobiy natijalarni ta`minlashga yo`naltirilganbo`lsagina o`z samarasini beradi.


Yüklə 45,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin