O`zbekiston Respublikasi agrar siyosati va uni takomillashtirish yo`llari.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat agrar siyosati birinchi navbatda mamlakatda mustahkam oziq – ovqat bazasini, yer va suvdan oqilona foydalanish shart – sharoitlarini yaratish, mulkchilikda davlat monopoliyasini keskin cheklash va xususiy mulk egaligi hamda mulkchilikning boshqa shakllariga keng yo`l ochish, turli mulkchilik shaklidagi qishloq xo`jaligi korxonalariga teng rivojlanishiga erishish va ularni har tomonlama qo`llab – quvvatlash masalalariga qaratilgan.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab – quvvatlash borasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatining me`yoriy huquqiy negizini takomillashtirish;
Qonunda ko`rsatilgan huquqlar buzilishiga yo`l qo`ymaslik;
Ularning ichki faoliyatiga aralashuvning har qanday ko`rinishiga yo`l qo`ymaslik;
Qishloq xo`jaligida maqbul baho siyosatini yuritish, doimiy ravishda qishloq xo`jaligi va sanloat tovarlar orasidagi baholar paretitini saqlab borish;
Daromadlar pasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik;
Ilg`or texnologiya va texnikalar bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish;
Fuqarolar tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shug`ullanishlafri va undan manfaatdorligining kafolatlari va sharoitlarini ta`minlash, ularning ishbilarmonlik faolligini oshirish hamda qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish;
Moliya – kridet tizimini takomillashtirish hamda korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmalarni kengaytirish va rivojlantirish;
Ulgurji va mayda ulgirji savdoni rivojlantirish, korxonalarning xomashyo, axborotlar va texnologiyalardan erkin va o`rta biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish tizimini takomillashtirish
Qishloq xo`jaligi xisobi va tahlili tizimini takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, buxgalteriya va soliq hisobotining soddalashtirilgan tartibini joriy etish;
Kadrlar tayyorlash qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
Pul – kredit tizimining barqaror faoliyatini ta`minlash uchun sug`urta tizimini ahamiyatini oshirish;
Yerga mulkchlik, yer va suvdan samarali foydalanish mexanizmini shakllantirish.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligini tartibga solish, muvofiqlashtirish va qo`llab – quvvatlash ishlari bilan tegishli davlat boshqaruvi organlari, Qishloq va Suv xo`jaligi Vazirligi, Dehqon va Fermer xo`jaliklari uyushmasi hamda boshqa tuzilmalar shug`illanadilar. Dehqon va Fermer xo`jaliklarini qo`llab quvvatlash jamg`armasi, Biznes – fond, Bandlikka ko`maklashish jamg`armasi, Tijorat banklari, “Madad”, “Birjasavdo sug`urta”, “Agrosug`urta” sug`urta agentliklari va boshqa institutsional tuzilmalar korxonalarga biznes reja tuzish, imtiyozli kridetlar olish va ularni amalga oshirishga ko`maklashadilar. Bunda tijorat banklari, turli jamg`armalar imtiyozli kredit ajratish bilan yordam bersa, sug`urta agentliklari kredit xatari va boshqa favqulotta holatlardan sug`urtalaydi.
Qishloq xo`jaligida islohotlarninh huquqiy - me`yoriy bazasini yaratish korxonlarning iqtisodiy erkinligini ta`minlash hamda ularning qonuniy biznes bilan shug`ullanishlariga imkon beruvchi huquqlari va imtiyozlarini kafolatlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini davlat gtomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish borasida mustahkam huquqiy – me`yoriy asos yaratilgan. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Fuqarolik kodeksi”, “Yer kodeksi”, “Soliq kodeksi”, “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`grisida”gi, “Shirkat xo`jaligi to`g`risida”gi, “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi, “Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa me`yoriy hujjatlar respublikamizda qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatining turli jihatlarini tartibga solib turadi va ularning xo`jalik faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ularga mansabdor shaxslarning aralashuviga yo`l qo`yilmaydi. Davlat tadbirkorlarning erkinligi, huquqlarini himoya qiladi va ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklab turadi.
Respublikamiz qishloq xo`jaligida xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish maqsadida fermer xo`jaliklarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan O`zbekiston Respublikasi “ Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi qonunining 29- moddasi: davlat qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug`ullanuvchi fermer xo`jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etishini kafolatlaydi” , - deb e`tirof etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar |Mahkamasining 2001- yil 21-avgustdagi 347- sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish hamda hisobga qo`yish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori bilan tadbirkorlik subyektlarini, jumladan, fermer xo`jaliklarini davlat ro`yxatidaga olish va xisobga qo`yishning yengillashtirilgan tadbiri joriy etildi. Inga ko`ra tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatida o`tkazish “bir yo`la” tamoyili asosida, ularni avtomatik hisobga qo`yish bilan amalga oshiriladi. Qarorga muvofiq tuman hokimkiyatlari tarkibida davlat ro`yxatiga olish bo`yicha maxsus xizmat tashkil etilgan bo`lib uning xodimlari tadbirkorlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish bilan bog`liq barcha hujjatlarni tayyorlash, ularni yo`l fondi, mehnat, bandlik va ijtomoiy ta`minot bo`limi, soliq hamda statistika organlarida hisobga qo`yish ishlarini o`zlari amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: |