Iqtisodiyot va agrotexnologiya



Yüklə 45,05 Kb.
səhifə1/6
tarix18.12.2023
ölçüsü45,05 Kb.
#184137
  1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot va agrotexnologiya-fayllar.org


Iqtisodiyot va agrotexnologiya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA

QO`MITASI

SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
IQTISODIYOT VA AGROTEXNOLOGIYA” FAKULTETI
KURS ISHI

Mavzu: Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan taribga solish va qo`llab-quvvatlashning ahamiyati.
Guruh-401
Bajardi: B.Mansurov

Tekshirdi: M.Xolmurzaev




Reja:
  1. Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab- quvvatlashning mohiyati va zaruriyati.


  2. Davlatning qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab-quvvatlashdagi asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish shakllari va usullari.


  3. O`zbekiston Respublikasining agrar siyosati va uni takomillashtirish yo`llari




Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab- quvvatlashning mohiyati va zaruriyati.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari yaxshi rivojlangan ilg`or xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, qishloq xo`jaligi tarmog`i davlatlar tomonidan tegishli qonun qoidalarasosida tartibga solib turilishi va qo`llab quvvatlanishi lozim.
Umuman olganda, qishloq xo`jaligini markazlashgan rejalar asosida davlat tomonidan ma`muriy usullar orqali boshqarish tamoyillaridan voz kechib, bu sohaga erkinbozor munosabatlari kirib kelayotgan bir paytda davlatning agrar ishlab- chiqarish munosabatlariga aralashuva hayotiy zaruriyatga aylandi.
Erkin bozor tarafdorlari agrar sohaga xos bo`lgan bir qator xususiyatlarga (qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorida sof raqobat imkoniyatlarining mavjudligi, agrar ishlab-chiqarihga xos bo`lgan tabiiy- biotexnoligik omillar dehqonlardan mustaqil qarorlar qabul qilishni talab etishi va boshq.) tayanib bu tarmoqda erkin bozor munosabatlari amal qilishi uchun qulay shart-sharoitlar mavjud, degan g`oyani ilgari suradilar. Ularning fikricha bozorning o`z-o`zini tartibga sola olish xususiyati agrar iqtisodiyotga davlat aralashuvini talab etmaydi va bunga zaruriyat ham yo`q. mustaqil xo`jalik yuritish va tadbirkorlik erkinligi esa bozor sharoitida fermerlarning yuksak sur`atlar bilan rivojlanishiga olib kelishi kerak.
Ammo, respublikamiz bozor munosabatlariga o`ta boshlaganidan beri o`tgan davr saboqlari hamda ilg`or xorijiy mamlakatlarning tajribalari qishloq xo`jaliklarini davlatning faol aralashuvisiz rivojlantirib bo`lmasiligini ko`rsatmoqda. Chunki, bozor sharoitida agrar soha davlat tomonidan qo`llab- quvvatlanmasdan turib, sohalararo raqobatga bardosh berolmaydi.
Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab-quvvatlash zaruratini dastavval qishloq xo`jaligining o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq holda qaramoq maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo`jaligi murakkab biotexnik texnologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tavsiflanadi. Unda tshkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi omillar bilan birgalikda yer, suv, o`simlik va chorva mollari, organizim, yorug`lik, issiqlik, havo, tabiiy iqlim va jug`rofiy joylashuv kabi tabiiy omillar ham muhum ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish jarayonida turli tavsifdagi ushbu omillar uyg`unlashib ketadi. Ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillarning serqirraligi va murakkab tizimdan iboratligi qishloq xo`jaligi korxonalarining samarali faoliyat ko`rsatish imkoniyatlarini cheklaydi. Xususan, ishlab-chiqarish tabiiy omillarining bir qismini (ob-havo, tabiiy-iqlim sharoiti va h.k) boshqarish dehqonlarning imkoniyat doirasidan tahsqari bo`lib, ularni oldindan rejashtirib yoki oldini olib bo`lmaydi. Ammo, bu omillarning qulay yoki noqulay sharoitlarda kelishi xo`jalikning yakuniy moliyaviy natijalariga kuchli ta`sir ko`rsatadi.
Qishloq xo`jaligi ishlab – chiqarishining tabiiy iqlim sharoitiga (jonli organizmlar, jug`rofiy muhit, ob-havo va boshq) bog`liqligi dehqonlar faoliyati rag`bartlantirish va sug`urtalash kabi bir qator himoya vositalarini yaratishni talab qiladi.
Dehqon manfaati tomonidan yondoshsak yli davomida mahsulot yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar tabiiy ofat va qurg`oqchilik tufayli bekorga sovurilishi mumkin. Bunday paytlarda uning ko`rgan zararini qisman bo`lsada qoplamasak kelusi yil xosiliga ham taxdid soladi. Ob - havoning noqulay kelishi nafaqat qishloq xo`jaligi tarmog`ida, balki butun mamlakat miqyosida ham qiyinchliklar tug`dirishi mumkin. Oziq- ovqat tanqisligi vujudga kelmaslihgi uchun davlatning maxsus zaxiralari bo`lishi maqsadga muvofiq. Hosil mo`l bo`lgan yillarda davlat oziq- ovqat mahsulotlarining talabdan oshiq qismini dehqonlardan xarid qilib, maxsus omborlarda saqlashi va noqulay kelib, tanqislik vujudga kelgan yillari bu zahiralardan talabni qondirish maqsadida foydalanishi mumkin. Bu tadbir hozirgi vaqtda dunyoning bir qator ilg`or davlatlarida qo`llanib kelinadi va o`zining ijobiy samarasini bermoqda.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining tabiiy- iqlim sharoitlariga bog`liqligi bu tarmoqda baholar va daromadlarning barqarorligiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, qulay ob-havo sharoitida bozorga talabdan ortiqcha mahsulotning kirishi bahoning keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatni ko`proq g`alla, sabzovot, poliz, meva va uzum mahsulotlari bozorida kuzatish mumkin. Ba`zan baholarning bunday pasayishi mahsulot tannarxini qoplashga imkon bermasligi oqibatida dehqonlar katta zarar ko`radi. Tabiiyki, bunday sharoitlarda agrar sohada erkin bozor munosabatlari amal qilayotgan bo`lsa, ular xonavayron bo`lishi turgan gap. Yoki ikkinchi bir yili ob - havoning noqulay kelishi (qug`oqchilik, sel, jala va hakozo) hosilning keskin kamayib ketishiga va natijada narxlarning haddan tashqari qimmatlashishiga sabab bo`lishi mumkin . bunday hollarda dehqonlar hosilning kamayib ketishidan zarar ko`rsalar, iste`molchliar narxlarning balandligidan aziyat chekadilar. Ko`rinib turibdiki, har ikkala holda ham sehqon ko`proq zarar ko`radi va bu holat qishloq xo`jaligini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab – quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiruvchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqadi.

Ma`lumki qishloq xo`jaligi mahsulotlari biologic jarayonlar bilan bog`liqligi tufayli tez buziluvchan bo`ladi. Ularni uzoq muddat saqlash yoki olis masofalarga tashish imkoniyati ancha chegaralangan. Qishloq xo`jaligi korxonalaridan farqli ravishda sanoat, savdo yoki xizmat ko`rsatish korxonalari o`z mahsulotlariga baho belgilashda ancha qulay mavqega ega. Chunki, iste`molchi so`rayotgan narx qoniqtirmasa, ularni tok bozorda qulay vaziyat vujudga kelgunga qadar tovarlarni sotmay saqlab turishlari mumkin. Qishloq xo`jaligi korxonalari esa sabzovot, meva yoki sut kabi tez buziluvchan mahsulotlarni bozorda qulay vaziyat kelishini kutib, uzoq vaqt ushlab turaolmaydilar. Bu bir xil maxsulotlar ma`lum muddat o`tgandan so`ng o`zining iste`mol qiymatini yo`qotishi mumkinligi sababli fermerlar bozorda tashkil topgan narxlar darajasi bilan qanoatlanishga majbur bo`ladilar.


Ikkinchi tomondan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalar respublikamizda ko`pchilikni tashkil etadi va erkin bozor hokum surib turgan sharoitda ular hech qachon o`zaro kelishib, mahsulotlariga yuqori narx belgilay olmaydilar, ya`ni qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorida nisbatan ideal raqobat hokum suradi. Odatdsa qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabning o`zgarishi unchalik katta bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, unga bo`lgan talab elastiklikka ega emas (yok juda past elastiklikka ega).

Aksincha, qishloq xo`jaligiga moddiy texnika resurslari yetkazib beruvchi hamda ularga turli xizmatlar ko`rsatuvchi korxonalar hududlar miqyosida kamchilikni tashkil etib, ba`zan monopol mavqega ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Qishloq xo`jaligi korxonalari xarid qiladigan sanoat mahsulotlari (texnika, mineral o`g`it yoqilg`I va hakozolar) narxi ko`p hollarda tez sur`atlar bilan o`sadi. Natijada qishloq xo`jaligi mahsulotlari baholari bilan bu tarmoq uchun zarur bo`lgan sanoat tovarlari yoki xizmatlar baholari o`rtasida yirik nomunosiblik (baholar disparetiti) vujudga keladi. Bu esa, o`z navbatida, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatining iqtisodiy samarasini pasaytiradi yoki umuman, zararli qilib qo`yadi. Bunday holat hech bir mamlakat manfaatiga mos tushmaydi. Bunday vaziyatda qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun noqulay bo`lgan texnika ta`minoti hamda xizmat ko`rsatuvchi korxonalarning monopol mavqeini cheklash choralarini ko`rishga majbur bo`ladi.


Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab - quvvatlash zaruriyati bu tarmoqda kapital aylanishning xususiyatlaridan ham kelib chiqadi.

Ma`lumki, savdo, moliya, sanoat bozorlari kabi bir qator tarmoqlarda kapital aylanishi qishloq xo`jaligidagiga nisbatan bir necha marta yuqoridir. Kapital qancha tez aylansa, shunchalik ko`p foyda keltirishi tufayli qishloq xo`jaligida kapitalning sekin aylanishi bu tarmoqqa investitsiya imkoniyatlarini keskin chegaralaydi.


Ammo, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o`zlashtirish va sug`orish tarmoqlarini barpo etish, ishlab chiqarishni texnik qurollantirish, fan- texnika yutuqlari va ilg`or texnologiyalarni joriy etish, ekologik vaziyatni barqaror ushlab turish kabi muhim tadbirlarnni amalga oshirish uchun yirik kapital mablag`lartalab etiladiki, bu tadbirlarni yolg`iz qishloq xo`jaligi korxonlarining mablag`lari hisobidan amalga oshirib bo`lmaydi. Buning uchun davlat byudjeti hisobidan maxsus mablag`lar ajratilishi maqsadga muvofiq. Va nihoyat fermer xo`jaliklarining ijtimoiy rivojlanishi, ya`ni ular uchun yo`llar barpo etish, gaz, suv, elektr ta`minoti, ijtimoiy – madaniy obyektlar qurish kabi umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan muammolar mavjudki, bu muammolarni davlat homiyligisiz yechib bo`lmaydi.


Yüklə 45,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin