Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə13/19
tarix30.01.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#81834
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Курс иши қўлланма-2022

Talabaga ogohlantirish!
Diqqat qiling, “G‘alvirni suvdan ko‘taradigan” vaqt keldi. Siz uchun
birov jangga kirmaganidek, himoyaga ham kirmaydi!
Kurs ishi himoyasi kafedrada tashkil etiladi. Bu maqsadda fan bo‘yicha kurs ishi himoyasi uchun 3 kishidan kam bo‘lmagan tarkibda komissiya tuziladi. Kurs ishini talaba Komissiya huzurida himoya qiladi. Komissiya a’zolari bilan
talaba o‘rtasidagi suhbat asosida talabaning bilim darajasi, mavzu ustida ishlash jarayonida orttirgan ko‘nikmalari aniqlanadi. Dastavval talaba o‘zi yozgan ishi bo‘yicha uning mazmuni, o‘rganish predmeti, amaliy ma’lumotlarning manbasi, ularni umumlashtirish usullari, asosiy xulosalarini qisqacha yoritib beradi. So‘ngra taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha hamda ish yuzasidan qo‘shimcha savol-javoblar asosida talabaning bilimlari tekshiriladi va himoya natijasiga ko‘ra kurs ishi baholanadi. Kurs ishini baholash talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash tartibiga ko‘ra ballarda amalga oshiriladi.
Kurs ishining natijasi fakultet dekanati tomonidan taqdim etilgan qaydnoma varaqasiga tegishli tartibda qayd etiladi va Komissiya a’zolari imzolari bilan rasmiylashtiriladi.

Baholash tartibi va mezonlari


Talabalarning kurs ishi bo‘yicha bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari darajasi, ular bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom qoidalari asosida ballarda ifodalanadi.


Amaldagi 2018 yil 9 avgustdagi Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM ga muvofiq talabaning kurs ishi bo‘yicha bilimini o‘zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 86-100 (a’lo) ball;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 71-85 (yaxshi) ball;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 55-70 (qoniqarli) ball;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 54 (qoniqarsiz) ball bilan baholanadi.
Kurs ishi bo‘yicha 54 (qoniqarsiz) ball bilan baholangan talaba akademik qarzdor talaba hisoblanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin