Iqtisodiyot va pedagogika universiteti ntm


Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat



Yüklə 201,49 Kb.
səhifə6/17
tarix07.01.2024
ölçüsü201,49 Kb.
#211344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Umumiy pedagogika Uslubiy ko\'rsatma-23.11.2023

Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

  • ta’lim ustuvorligining tan olinishi;

  • ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;

  • ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;

  • ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;

  • davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;

  • insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;

  • jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

  • bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;

  • ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni O‘zbekiston respublikasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohalar mazmunini o‘zida aks ettirgan muhim yuridik hujjat bo‘lib, istiqbol uchun yo‘llanmadir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi kadrlar muhim rol o‘ynaydilar. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy ma’naviy-axloqiy sifatlar namoyon bo‘la olishi maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 201,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin