2-MODUL: MUSTAQIL TA’LIM OLISh TEXNOLOGIYaLARI.
5-mavzu. Fanlarni o‘rganishda adabiyotlar bilan ishlash
Fanga doirasida adabiyotlarni topish, saralash, saqlash, qayta ishlash, havolalar va snoskalar berish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish. Tezis va maqolalar (IMRAT) tahlilini o‘rganish. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o‘rganish.
6-mavzu. Mustaqil ta’lim, uning turlari va bajarilishi
Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi. Mustaqil ta’lim turlari. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash
7-mavzu. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi.
Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar maqsadi va vazifalari. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarga qo‘yilgan ilmiy, metodik va texnik talablar. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ish himoyasi. Taqdimotlarni tayyorlashda uchun zarur metodik va texnik talablar.
3-MODUL: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA KURSI.
8-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish umumiy metodikasi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari.
9-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematika kursining mazmuni va tuzilishi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi. Boshlang‘ich sinflarda matematika fanning fanlararo aloqadorligi. ”Matematika o‘qitish metodikasi” fani tuzilishining o‘ziga xos xusutsiyatlari, uning mazmuni. DTS, matematikadan dastur va darsliklarning sinflar kesimida tahlili. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘qitilishi orasidagi uzviylik.
10-mavzu. O‘qitish metodlari.
Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma’lumotlarning o‘rni. Boshlang‘ich sinf matematikasi va matematika o‘qitishning bosqichlari orasidagi uzviylik. O‘quvchilarning o‘quv yili oxiridagi bilim, ko‘nikma hamda malakalariga qo‘yilgan kompetensiya talablari asosida nazorat tahlili. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik. O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish. O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash metodlari.
Dostları ilə paylaş: |