3. O'zbekiston Respublikasida korxona,tashkilot,yoki firmalarda foydalar
tahlili
.
Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va
kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi
mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish
strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi
omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi.
Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit
mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va
tashqi manbalardan amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi
asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- ichki manbalardan moliyalashtirish;
- jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
- qarz mablag‘laridan moliyalashtirish;
- aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.
Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya
ajratmalari hisoblanadi.
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda
to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli
qog‘ozlar ham kiritladi.
25
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani
moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli.
Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar:
- investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi
(bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha
kapitaliga nisbatidan aniqlanadi.
- korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi;
- korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi
mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Foydaning quyidagi turlari mavjud:
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda.
Asosiy faoliyatdan kelgan foyda.
26
Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda
Favqulodda olingan foyda.
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum
bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida
aniqlanadi:
YaF = SST – MIT,
bu yerda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi
foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va qo‘shimcha asosiy faoliyatdan
ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF =YaF – DX +BD + BZ,
bu yerda:
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DF – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
27
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus
zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD – MX,
bu yerda:
UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
Sotilgan mahsulot rentabelligi (RSM): yoki Bu erda: RSM– sotilgan mahsulot
rentabelligi;
YaF – yalpi foyda;
SF – sof foyda;
SST – mahsulot sotishdan sof tushum.
Sotilgan mahsulot rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha yalpi
foyda yoki sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
1. Aktivlar rentabelligi. (Ra):bu yerda: SF – sof foyda;
Jayk – korxona jami aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati.
2016 yilda Ra =7762/ 502347= 0.015
2017yilda Ra = 120500/ 696200= 0.17
2018 yilda Ra = 1374/ 819485= 0.0016
28
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan
mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish
sxemalari) qo‘llaniladi:
- moliyaviy investorga ulushni sotish;
- strategik investorga ulushni sotish;
- venchurli moliyalashtirish;
- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO);
- qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish;
- horijiy moliya bozorlariga chiqish;
- bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar;
- tijorat (tovar) krediti;
- davlat krediti (investitsion soliq krediti);
- obligatsiyali qarz;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash;
- lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;
29
- tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuvlar;
- davlat tomonidan moliyalashtirish;
- veksellarni chiqarish;
- o‘zaro hisob-kitoblar;
- barter;
- boshqalar.
Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari
shakllanishini boshqarish hisoblanadi.
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida
qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin.
Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy
(pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va
sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi
mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya
faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi.
Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning
mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni
moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta
asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan
manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va
qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi.
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
30
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda;
amortizatsiya ajratmalari;
mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;
asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;
nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.
Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan
mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar
to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;
korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik
shaxslarning pay va boshqa badallari;
yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan
ajratiladigan mablag‘lar;
maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar
ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;
31
qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro
tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning
bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari.
Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan
foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar.
Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratio‘ mumkin.
O‘zoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;
uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;
uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;
lizing va b.
Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:
tijorat (tovar) kreditlari;
qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;
banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.
32
Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy kapitalini
tashkil qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi
shart emas. Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan
daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning
qarzli mablari korxonaning qarz kapitalini tashkil qiladi.
Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni
moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik
moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va
kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin.
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish
maqsadida
investitsion
resurslarni
jalb
qilish
mexanizmi
tushuniladi.
Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi
ifodasi tushuniladi.
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va
investitsiya loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni
nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz
moliyalashtirish”ni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z
manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof
daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan
qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich
hisoblanadi.
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona ixtiyorida
sof foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish fondi
ko‘rinishida to‘planib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga
yo‘naltirilayotgan qismi jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda
to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni
tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan
33
mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi. Zahira fondi korxonaning zararlarini
qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z aksiyalarini qayta sotib olish uchun
shakllantiriladi. Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya uchun
yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha foyda rivojlanish
uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning hajmi bir qancha
omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot
birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy
strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash
siyosatiga.
Moliyalashtirishning o‘z manbalarini ahamiyatliligi bo‘yicha keyingisi
amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Ular korxonalarda asosiy ishlab chiqarish
fondlari qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazishi natijasida tashkil bo‘ladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini bosqichma-bosqich tiklanishi jarayonida
bo‘shab qolgan pul mablag‘lari amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida amortizatsiya
fondida to‘planib boradi. Amortizatsiya fondining kattaligi korxonaning asosiy
fondlarini hajmiga, ularning boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatiga, turlari va
yoshlari o‘yicha tarkibiga, shuningdek maqsadi va amortizatsiya ajratmalarini
hisoblashning qo‘llanilayotgan usuliga bog‘liq.
O‘z manbalardan foydalanishning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi:
foyda qismi bo‘yicha: ularni yo‘naltirishbo‘yicha vaqt va mablag‘ sarfining yo‘qligi,
qaytarmaslik riskining yo‘qligi, manba sifatida qo‘llanilishi korxonaning
investitsion jozibasini kuchaytiradi; amortizatsiya qismi bo‘yicha: korxona
ixtiyorida har qanday moliyaviy holatda ham mavjud bo‘lishi, amortizatsiyani turli
xildagi usullar bilan hisoblash imkoniyati.
Foyda qismidagi kamchiliklarga to‘lovlarni amalga oshmasligi, barterlar,
soliqqa tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish
mumkin; amortizatsiya qismi bo‘yicha: amortizatsiya fondi hajmining inflyatsiya
34
darajasiga, nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz
ishlatish ehtimoliga bog‘liqligi.
Investitsiya resurslarini shakllantirishning o‘z
manbalarini sanab
o‘tilganlaridan qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab
chiqish jarayonida ko‘rib chiqilmaydi, madomiki ularning shakllanishi taktik va
operativ rejalashtirishning predmeti hisoblanadi.
Aksiyadorlik moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning korxona ustav
kapitaliga qo‘yilmalarini bildiradi. Buning natijasida investorlar korxonaning
mulkdorlariga aylanadi. Moliyalashtirishning mazkur shakli bo‘yicha mablag‘larni
yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali amalga oshiriladi.
|