3
KIRISH
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va
diversifikatsiya qilish, inovatsion texnologiyalarni keng
joriy etish ishlari keng
ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda,
mazkur subyektlar moliyaviy
munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish,
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyati
yuqori korxonalarni kelgusida muvafaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.
Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish hamda
ichki va tashqi bozorlarda
sotish hajmlarini ko'paytirish, shu asosda sanoat tarmoqlarini barqaror
rivojlantirishni va eksport salohiyatini o'stirishni ta'minlash,
shuningdek energiya
samaradorligi va energiyani tejash standartlarini iqtisodiyotga yanada samarali joriy
etish va tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish
xarajatlari va mahsulot
tannarxini
kamaytirishni
rag’batlantirish
hisobidan
korxonalarning
raqobatbardoshligini oshirish mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.