39
ta’sis shartnomasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;
shirkat foydasini (zararini) uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash;
shirkat Nizom jamg’armasini (ustav kapitalini) ko’paytirish va
kamaytirish;
yillik hisobotlarni va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
shirkatning har bir ishtirokchisi shirkat nomidan ish yuritishga hakdidir.
Shirkat ishlari uning ishtirokchilari tomonidan birgalikda yuritilsa har bir
bitimni amalga oshirish uchun shirkat barcha ishtirokchilarning roziligi talab
etiladi. Shirkat ishlarini yuritish uning ishtirokchilari tomonidan ulardan biri
yoki ayrimlariga topshirilsa, qolgan ishtirokchiga shirkat nomidan bitimlarni
amalga oshirish uchun shirkat ishlarini yuritish
zimmasiga yuklatilgan
ishtirokchi (ishtirokchilar) dan ishonchnoma olinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati. O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga ko’ra: “Nizom
jamg’armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi
muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt
aksiyadorlik
jamiyati
deb
hisoblanadi”.
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo’lishi
mumkin.
Qatnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa
shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik
jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar
orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq
aksiyadorlik jamiyati deb
hisoblanadi.
40
Kompaniya (fransuzcha
“compagnie”
so’zidan) — iqtisodiy faoliyat (ishlab
chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug’urta va boshqalar) olib borish uchun
uyushgan
yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya
deyilganda birlashmalar,
shirkatlar, xo’jalik jamiyatlari, firmalar,
korporatsiyalar,
ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo’lgan korxonalar tushuniladi.
Quyida 2.5-rasmda “O’zqurilish materiallari” aksionerlik kompaniyasining
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi ko’rsatilgan:
Konsern
Dostları ilə paylaş: