“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi “Mikroiqtisodiyot” fanidan



Yüklə 269,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü269,46 Kb.
#190943
1   2   3   4   5   6   7   8
(“sopserp” — 
“ishtirok”, “manfaat” so’zidan) manfaatlar
shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida 
birlashgan 
korxonalarning 
yirik 
birlashmasidir.
Korporatsiya (lotincha 
“compagnie” 
— “birlashma”, “hamjamiyat” so’zidan) 
biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega.
Firma (ital’yancha “
firma

 — 
“imzo” so’zidan) korxona, kompaniya va tijorat 
tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va 
boshqalarga ko’ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo’lgandar soni 2 — 
3 kishidan 20 — 30 mingtagacha bo’lishi mumkin.. 
Xolding (inglizcha “
holding” 
— “egalik” so’zidan) asosiy faoliyati korxonalar 
aksiyalarini o’z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va 
boshqarishdan iborat bo’lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy 
korxona yoki sho’’ba korxona, yoxud bir necha sho’’ba korxonalar mavjud bo’ladi.
Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) 
bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma 
asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir: 


41 

mulkdorlar(aksiyadorlar);

boshqaruvchilar (menejerlar);

korxona personali (jismoniy shaxslar).
Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh 
bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. 
Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan 
boshqaruvchi, 
(menejer)ga 
berishi 
mumkin.
Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga 
rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan 
berilgan 
maqomga 
bog’liqdir.
Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi.
Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi 
(Tor management) 
— bu toifa rahbarlariga 
kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning 
o’rinbosarlari, 
boshqaruv 
organlari 
a’zolari 
kiradi.
O’rta bo’g’in rahbarlari — 
(Middle management) 
korxona mustaqil boshqarma va 
bo’limlari 
rahbarlari 
hisoblanadi.
Quyi bo’g’in rahbarlari 
(Loves management) 
— guruhlar, brigada rahbarlari, 
ustalardan 
iboratdir.
Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik 
xodimlar 
va 
xizmat 
ko’rsatuvchi 
xodimlarga 
bo’linadi.
Ishchilar 
malakali, 
yarim 
malakali, 
malakasiz 
ishchilarga bo’linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:


42 

asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;

yordamchi 
(bevosita 
ishlab 
chiqarishda 
band 
bo’lmagan) 
ishchilargabo’linadi.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, 
mavsumiy xodimlarga ajratiladi.
Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro 
bo’ysunuvchi 
tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida 
bo’linmalar 
o’rtasida 
taqsimlanishini 
aks 
ettiradi.
Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, 
jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, 
millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi. 
Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati. 
mansab 
maoshlari 
va 
ish 
haqi 
miqdori 
aks 
etadi.
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir:
Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil 
qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan iboratdir.
Boshqaruv bosqichi (darajasi) — korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari 
(bosqich, 
darajalari).
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga 
rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo’linma — tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruv 
bo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy 


43 
bo’linmalarga 
bo’linali.
Funktsional tarkibiy bo’linma — boshqaruvning muayyan funktsiyalari (masalan, 
ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi. iqtisodiy rsjalashtirish), 
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi. 
Uning faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari taysrlashdir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy bo’linmasi — ishlab chiqarishii tezkor boshqarish 
vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar, tayyor 
mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning mustaqil 
bo’ginidir
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir. Mehnat 
— iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni mehnatga 
haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir.
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud:
1.
Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik 
va madaniy omillar).
2.
Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda 
konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo’llanishi 
mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi).
3.
Strategik ta’sir. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul 
qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd 
etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q.
Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto inson munosabatlari 
instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv “ijtimoiy-texnik 
tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki 
jihati:


44 
1.
ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning 
shaxsiy va jamoa munosabatlari);
2.
texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni 
uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar.
Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy 
xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini kengaytirishni 
ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab chiqarish topshirig’ini 
bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga 
amal qilingan „Volvo" kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir 
bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o’zlariga berilgan mustaqillikdan 
foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o’zlari 
taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer 
liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi. 
Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot qismlar, asboblar bilan ta’minlangan 
bo’lib, yig’uv birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda 
mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak 
malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi. Xususiy 
korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro mehnat 
munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy 
korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar 
berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga 
to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan 
kam bo’lmasligi shart.


45 
XULOSA
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va 
diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng 
ko'lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o'sishiga bevosita ijobiy ta'sir 
ko'rsatib kelmoqda.
Sanoat korxonalarda har doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini 
takomillash uni pasaytirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda 
bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi 
bozorlarda, o'z raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya'ni 
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati ayni damdagi 
sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniqsa 
xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash 
maqsadida imtiyozlar, rag'batlantirishlar berildi.
O’tgan yil; davomida banklarning korxonalar bilan o'zaro moliyaviy 
munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag'larining 
tez va o'z vaqtida aylinishi ta'minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o'z 
vaqtida bo'lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, 
korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada 
mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi 
korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq bo’ldi. Buning natijasida 
esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda sifati oshirildi. Eksportyor sanoat 
korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag'lari o'z vaqtida kelib tushmasligi 
natijasida vaqtinchalik ishlab chiqarishning uzilishi oldi olindi. Buning natijasida 
esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o'z aktivlaridan samarali foydalanib 
ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o'z navbatida mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya'ni o'zgarmas xarajatlar xajmi 
kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi.


46 
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda 
korxona moliyaviy holati ning yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning 
mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo'lgan zamonaviy texnologiyaning sotib 
olinishi mahsulot sifatini hamda xajmini oshirib, juda ko’p ijobiy natijalarni keltirib 
chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda 
mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga xaq to'lash 
xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab 
chiqaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xaq 
to'lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan 
samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini 
oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxi yanada tushadi. 
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizasiya hisoblash usuli ham 
ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o'zgaruvchan bir sharoitida 
amortizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o'ziga xos ijobiy tomonlari 
mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizasiya usulini qo’llash, 
bir tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin 
amortizasiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag'lari kelib tushadi. Bu esa 
yuqorida aytib o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan 
esa boshlang'ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko'p miqdordan amortizasiya 
hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amortizasiya 
hisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi. 


47 

Yüklə 269,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin