36
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish
bosqichlarini
hisobga
olgan
holda
muvofiqlashtirish
jaraenidir.
Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan tashqi
omillar
yoki
shartlarni
ham
hisobga
olish
lozim.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar
soniga qarab kichik yoki
o’rta
korxonalarga
bo’linadi.
Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni
muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat
idoralari va boshqa idoralarda,
shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy
manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga,
konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida
o’zga
birlashmalarga
uyushishlari
mumkin.
Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli
va
uslublarini
mustaqil
aniqlaydi,
shtatlarini
belgilaydi.
Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u
vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga
yoki korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda
mulkdor va mehnat jamoasi
manfaatlarini
idora
etadigan
boshqa
idoraga
topshirishi
mumkin.
Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-mulki
egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o’zi
vakolat bergan
idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.
37
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari
faoliyat ko’rsatmoqda:
Xususiy korxona. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona
to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan
va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy
korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy
korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1- rasm) bo’lishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning
asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir:
nizomni ishlab chiqish va
tasdiqlash;
xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish;
reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;
xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;
xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish;
xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish,
garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga
hissa tariqasida
kiritish va hokazolar).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati
cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga
38
binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi
(ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan
xo’jalik jamiyati
Dostları ilə paylaş: