“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi “Mikroiqtisodiyot” fanidan


 O'zbekiston Respublikasida korxona,tashkilot,yoki firmalarda foydalar



Yüklə 269,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü269,46 Kb.
#190943
1   2   3   4   5   6   7   8
3. O'zbekiston Respublikasida korxona,tashkilot,yoki firmalarda foydalar 
tahlili

Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va 
kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi 
mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish 
strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi 
omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi. 
Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit 
mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va 
tashqi manbalardan amalga oshiriladi. 
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi 
asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- ichki manbalardan moliyalashtirish;
- jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
- qarz mablag‘laridan moliyalashtirish; 
- aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.
Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya 
ajratmalari hisoblanadi. 
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda 
to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli 
qog‘ozlar ham kiritladi.


25 
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani 
moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli. 
Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar:
- investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi 
(bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha 
kapitaliga nisbatidan aniqlanadi.
- korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi;
- korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi 
mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Foydaning quyidagi turlari mavjud: 

Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda.

Asosiy faoliyatdan kelgan foyda.


26 

Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda

Favqulodda olingan foyda.
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum 
bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida 
aniqlanadi:
YaF = SST – MIT, 
bu yerda:
YaF – yalpi foyda; 
SST – sotishdan olingan sof tushum;
MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va qo‘shimcha asosiy faoliyatdan 
ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF =YaF – DX +BD + BZ, 
bu yerda:
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DF – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;


27 
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan 
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus 
zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 
UF = AFF + MD – MX,
bu yerda: 
UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
Sotilgan mahsulot rentabelligi (RSM): yoki Bu erda: RSM– sotilgan mahsulot 
rentabelligi; 
YaF – yalpi foyda;
SF – sof foyda; 
SST – mahsulot sotishdan sof tushum.
Sotilgan mahsulot rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so‘mi qancha yalpi 
foyda yoki sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
1. Aktivlar rentabelligi. (Ra):bu yerda: SF – sof foyda;
Jayk – korxona jami aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati. 
2016 yilda Ra =7762/ 502347= 0.015
2017yilda Ra = 120500/ 696200= 0.17
2018 yilda Ra = 1374/ 819485= 0.0016


28 
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan 
mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish 
sxemalari) qo‘llaniladi:
- moliyaviy investorga ulushni sotish;
- strategik investorga ulushni sotish;
- venchurli moliyalashtirish;
- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO);
- qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish;
- horijiy moliya bozorlariga chiqish;
- bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar;
- tijorat (tovar) krediti;
- davlat krediti (investitsion soliq krediti);
- obligatsiyali qarz;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash;
- lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;


29 
- tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuvlar;
- davlat tomonidan moliyalashtirish;
- veksellarni chiqarish;
- o‘zaro hisob-kitoblar;
- barter;
- boshqalar.
Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari 
shakllanishini boshqarish hisoblanadi. 
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida 
qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. 
Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy 
(pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va 
sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi 
mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya 
faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. 
Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning 
mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni 
moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta 
asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan 
manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va 
qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi. 
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:


30 

korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda;

amortizatsiya ajratmalari;

mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;

asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;

nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.
Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan 
mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar 
to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:

aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;

korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik 
shaxslarning pay va boshqa badallari;

yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan 
ajratiladigan mablag‘lar;

maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar 
ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;


31 

qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro 
tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning 
bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari.
Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan 
foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar.
Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratio‘ mumkin. 
O‘zoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;

uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;

uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz 
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;

lizing va b.
Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:

tijorat (tovar) kreditlari;

qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz 
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;

banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.


32 
Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy kapitalini 
tashkil qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi 
shart emas. Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan 
daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning 
qarzli mablari korxonaning qarz kapitalini tashkil qiladi.
Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni 
moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik 
moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va 
kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin. 
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish 
maqsadida 
investitsion 
resurslarni 
jalb 
qilish 
mexanizmi 
tushuniladi. 
Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi 
ifodasi tushuniladi.
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va 
investitsiya loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni 
nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz 
moliyalashtirish”ni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z 
manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof 
daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan 
qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich 
hisoblanadi. 
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona ixtiyorida 
sof foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish fondi 
ko‘rinishida to‘planib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga 
yo‘naltirilayotgan qismi jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda 
to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni 
tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan 


33 
mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi. Zahira fondi korxonaning zararlarini 
qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z aksiyalarini qayta sotib olish uchun 
shakllantiriladi. Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya uchun 
yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha foyda rivojlanish 
uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning hajmi bir qancha 
omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot 
birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy 
strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash 
siyosatiga.
Moliyalashtirishning o‘z manbalarini ahamiyatliligi bo‘yicha keyingisi 
amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Ular korxonalarda asosiy ishlab chiqarish 
fondlari qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazishi natijasida tashkil bo‘ladi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini bosqichma-bosqich tiklanishi jarayonida 
bo‘shab qolgan pul mablag‘lari amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida amortizatsiya 
fondida to‘planib boradi. Amortizatsiya fondining kattaligi korxonaning asosiy 
fondlarini hajmiga, ularning boshlang‘ich yoki tiklanish qiymatiga, turlari va 
yoshlari o‘yicha tarkibiga, shuningdek maqsadi va amortizatsiya ajratmalarini 
hisoblashning qo‘llanilayotgan usuliga bog‘liq.
O‘z manbalardan foydalanishning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
foyda qismi bo‘yicha: ularni yo‘naltirishbo‘yicha vaqt va mablag‘ sarfining yo‘qligi, 
qaytarmaslik riskining yo‘qligi, manba sifatida qo‘llanilishi korxonaning 
investitsion jozibasini kuchaytiradi; amortizatsiya qismi bo‘yicha: korxona 
ixtiyorida har qanday moliyaviy holatda ham mavjud bo‘lishi, amortizatsiyani turli 
xildagi usullar bilan hisoblash imkoniyati.
Foyda qismidagi kamchiliklarga to‘lovlarni amalga oshmasligi, barterlar, 
soliqqa tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish 
mumkin; amortizatsiya qismi bo‘yicha: amortizatsiya fondi hajmining inflyatsiya 


34 
darajasiga, nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz 
ishlatish ehtimoliga bog‘liqligi. 
Investitsiya resurslarini shakllantirishning o‘z 
manbalarini sanab 
o‘tilganlaridan qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab 
chiqish jarayonida ko‘rib chiqilmaydi, madomiki ularning shakllanishi taktik va 
operativ rejalashtirishning predmeti hisoblanadi.
Aksiyadorlik moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning korxona ustav 
kapitaliga qo‘yilmalarini bildiradi. Buning natijasida investorlar korxonaning 
mulkdorlariga aylanadi. Moliyalashtirishning mazkur shakli bo‘yicha mablag‘larni 
yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali amalga oshiriladi. 


35 

Yüklə 269,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin