“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi “Mikroiqtisodiyot” fanidan


  Korxona,firmalarga ta'sir qiluvchi omillar



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128538
1   2   3   4   5   6   7
Erkinjon mikroiqtisodiyot

4. 
Korxona,firmalarga ta'sir qiluvchi omillar. 
Personalni boshqarish fanida korxona deyilganda, birinchidan, u xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt (aksiyadorlik jamiyati, firma, birlashma, bank, kompaniya va 
boshqa yuridik shaxslar)ni anglatadi. Ikkinchidan, korxona muayyan ijtimomy birlik 
(jamoa)dir.
O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom ashyo, axborot va 
hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z korxonasi 
maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada ishtirok 
etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir.
Korxona o’z faoliyatidan eng yuqori samara — foyda olish uchun tashkil etiladi. 
Korxonaga birlashgan alohida xodpmlar yakka holla mehnatfaoliyati yuritganga 
qaraganda 
yaxshiroq 
natijalarga 
erisha 
oladilar.
Korxonaning “ichki muhiti”ni aks ettiradigan quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish 
mumkin:

birorta korxona tashkil etilishidan maqsadi aniqbo’lmasa, shakllana va 
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi;

birorta korxonani uning ayrim bo’linmalari, ular o’zaro munosabatlarini 
belgilovchi 
tarkibisiz 
tasavvur 
etib 
bo’lmaydi.
Korxona 
uchun:
Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki xizmatga 
aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan mexanizmdir.
Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta 
olaligan pul va boshqa mablag’lardir. 


36 
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish 
bosqichlarini 
hisobga 
olgan 
holda 
muvofiqlashtirish 
jaraenidir.
Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan tashqi 
omillar 
yoki 
shartlarni 
ham 
hisobga 
olish 
lozim.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki 
o’rta 
korxonalarga 
bo’linadi.
Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni 
muvofiqlashtirish, o’z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat 
idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy 
manfaatlarni idora etish maqsadida xo’jalik uyushmalariga: konsernlarga, 
konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida 
o’zga 
birlashmalarga 
uyushishlari 
mumkin.
Korxona o’z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli 
va 
uslublarini 
mustaqil 
aniqlaydi, 
shtatlarini 
belgilaydi.
Mulkdor yoki xo’jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u 
vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga 
yoki korxona nizomida ko’zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi 
manfaatlarini 
idora 
etadigan 
boshqa 
idoraga 
topshirishi 
mumkin.
Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-mulki 
egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o’zi vakolat bergan 
idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.


37 
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari 
faoliyat ko’rsatmoqda: 
Xususiy korxona. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona 
to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan 
va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy 
korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy 
korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1- rasm) bo’lishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning 
asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir: 

nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish;

reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;

xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;

xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish;

xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, 
garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga hissa tariqasida 
kiritish va hokazolar).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati 
cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga 


38 
binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi 
(ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan 
xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi”.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari 
bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun 
qo’shgan 
hissalari 
qiymati 
doirasida 
javobgar 
bo’ladilar. 
Xo’jalik shirkati. O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik SHirkatlari to’g’risida”gi 
Qonuniga muvofiq: “Muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) 
bo’lingan Nizom jamg’armasiga (ustav kapitaliga) ega bo’lgan tijorat tashkiloti 
xo’jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki 
ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok 
etadilar”.
Xo’jalik shirkati to’liq shirkat yoki kommandit shirkat tarzida tuziladi. 
Ishtirokchilari (to’liq sheriklari) o’z o’rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq, 
shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan holda uning 
majburiyatlari bo’yicha o’zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan 
shirkat to’liq shirkat deb hisoblanadi.
Shirkat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar doirasida 
javobgar bo’ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo’shuvchi, 
kommanditchi) mavjud bo’lsa, bunday shirkat kommandit shirkat deb ataladi. 
Xo’jalik shirkatini oliy boshqaruv organi shirkat ishtiroqchilarining umumiy 
yig’ilishi hisoblanadi. Umumiy yig’ilish vakolatlariga quyidagilar kiradi:

shirkat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilash;

shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;


39 

ta’sis shartnomasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

shirkat foydasini (zararini) uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash;

shirkat Nizom jamg’armasini (ustav kapitalini) ko’paytirish va kamaytirish;

yillik hisobotlarni va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;

shirkatning har bir ishtirokchisi shirkat nomidan ish yuritishga hakdidir. 
Shirkat ishlari uning ishtirokchilari tomonidan birgalikda yuritilsa har bir 
bitimni amalga oshirish uchun shirkat barcha ishtirokchilarning roziligi talab 
etiladi. Shirkat ishlarini yuritish uning ishtirokchilari tomonidan ulardan biri 
yoki ayrimlariga topshirilsa, qolgan ishtirokchiga shirkat nomidan bitimlarni 
amalga oshirish uchun shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan 
ishtirokchi (ishtirokchilar) dan ishonchnoma olinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati. O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga ko’ra: “Nizom 
jamg’armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi 
muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin