“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi “Mikroiqtisodiyot” fanidan


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128538
1   2   3   4   5   6   7
Erkinjon mikroiqtisodiyot

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida 
sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo’llarini 
aniqlash va bu bo’yicha ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi muhim vazifalar belgilab 
olindi: 
- Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibini o’rganish;
- Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini shakllantiruvchi 
xarajatlarni tahlil qilish; 
- Mahsulot tannarxining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
- Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining korxona 
faoliyatiga ta’sirini tahlil qilish; 



- Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxining rentabelligini 
aniqlash;
- Iqtisodiy modernizasiyalash sharoitida sanoat korxonalarida mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxini kamaytirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar berish; 
- Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining korxona umumiy xarajatlari 
tarkibidagi 
o’rniga 
baho 
berish.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar 
hamda ularning moliyaviy hisobotlari mazkur ishimizning obyekti xisoblanadi. 
Ushbu sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, uni bugungi kundagi 
holati va uni yanada kamaytirish yo’llarini aniqlash mazkur ishimizning predmeti 
hisoblanadi.



1. KORXONA,FIRMA TUSHUNCHASI IQTISODIY MAZMUNI 
Firma (ital. firma — imzo) — korxona, kompaniya, xoʻjalik va tijorat 
tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va 
boshqalarga koʻra xilma-xil Firmalar bor. Firmalarda band boʻlgan xodimlar soni 
2—3 kishidan 20—30 ming kishigacha boʻlishi mumkin. Firmalar barcha mulk 
turlari negizida davlat, kooperativ, shirkat, jamoa tashkilotlari va maxalliy davlat 
idoralari, milliy va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. 
Ular quyidagi turlarga ajratiladi: affilirlangan (qoʻshilgan) Firma filial, shoʻba 
korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat yuritadi; broker 
Firma — tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan va mijoz topshirigʻiga koʻra va uning 
hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadi; venchur Firma— kichik yoki oʻrta 
investitsion Firma hisoblanib, i.t.lar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; 
investitsion Firma investitsiyalash va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq 
operatsiyalarni oʻtkazadi; injiniring Firma muhandislikmaslahat koʻrsatishga 
ixtisoslashadi; innovatsion Firma — Firmaning ishlari natijalari bazasida yangi 
texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladi; konsalting Firma — uning faoliyat 
sohasini maslahat xizmatlari koʻrsatish tashkil etadi; ishlab chiqarish frimasi — aniq 
bir mahsulotni tayyorlash bilan shugullanadi; savdo Firmasi — savdovositachilik 
faoliyati bilan shugʻullanadi; rieltor Firma— koʻchmas mulk sohasidagi amallarda 
qatnashadi. 
Hozirgi iqtisodiy hayotda Firmalarning asosiy qismi nisbatan kichik va mayda. 
Yirik Firmalar nisbatan mustahkam ishlab chiqarish, texnologik va xom ashyo 
bazasiga ega boʻlib, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, oʻrtacha 
Firmalar kooperatsiyalangan hamda ixtisoslashgan qismlar va detallar ishlab 
chiqarish sohasida, shuningdek, umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida 
faoliyat koʻrsatadi. Mayda Firmalar, asosan, tovarlar ishlab chiqarish va aholiga 
xizmat koʻrsatish bilan shugullanadi. 



Har hil prinsiplarga asoslangan firmalarning klassifikasiyasi asosida, aniq bir 
firmani o’rganish natijasida uning tashkiliy qonuniylik sharoiti, harakteri va 
faoliyatining kengligi, jahon bozoridagi o’rni haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. 
Ko’rinishi va xo’jalik faoliyatining harakteriga asosan firmalar quyidagi turlarga 
bo’linadi:
- sanoat; 
- savdo;
- transport; 
- sugurta;
- transport–ekspeditorlik; 
- turistik;
- arenda.
Sanoat firmalarning faoliyati mahsulot chiqarishga asoslangan. Firma 
oborotining 50% dan ziyoti sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga to’g’ri kelsa, unda 
ushbu firma sanoat firmasi hisoblanadi. Yirik firmalarning hal qiluvchi roli 
shundaki, ular nafaqat ishlab chiqarishda va tijorat eksportida xukmronlik qiladi, 
bundan tashqari ular patent va lisenziyalarni sotishda hamda texnika xizmatlarini 
berishda ham xukmronlik qiladi.
Savdo firmalari asosan tovarlarni oldi – sotdi operasiyalari bilan shug’ullanadi. 
Ular yuridik mustaqil bo’lib faoliyat ko’rsatishlari mumkin yoki yirik sanoat 
firmalarning tizimida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Firmalar qisqa yo’nalishli 
yoki keng yo’nalishli bo’lishi mumkin. Savdo firmalar orasida yirik monopolistik 
birlashmalar mavjud. Ular ayrim mamlakatlarning tashqi savdo oborotida va jahon 
bozorida ba’zi bir tovarlarning savdosida xukmronlik qiladi. Bu tovarlarga asosan 
shakar, rangli metall, don, kauchuk, paxta, teri, taxta va boshqalar kiradi. Lekin, 



ba’zi bir savdo firmalari savdo qilish bilan birga ishlab chiqarish bilan ham 
shug’ullanadi. 
Transport firmalari passajirlarni va yuklarni halqaro miqyosda tashish bilan 
shug’ullanadi. Bu firmalar 4 qismga bo’linadi: aviasiya, dengiz, temir yul, 
avtomobil.
Havo transporti keng rivojlangandan keyin aviakompaniyalarning yuk tashish 
bo’yicha faoliyati rivojlanib ketdi. 
Masalan, AQShning 5ta yirik aviakompaniyalarning ulushi mamlakat ichida 
havoda yuk tashish hajmining 2/3 qismini tashkil etadi, jahonda esa 1/3 qismini 
tashkil etadi.
Sug’urta firmalarning jahon bozoridagi roli juda kattadir. Ular asosan yuklarni 
xalqaro yuk tashish bo’yicha sug’urta qiladi. Sug’urta operasiyalarning asosiy qismi 
yirik sug’urta kompaniyalarning qo’lidadir.
Transport – ekspeditorlik firmalari asosan sanoat, savdo va boshqa firmalarning 
buyurtmasiga binoan tovarlarni yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Bu firmalarning 
funksiyalari turlichadir. Bular tovarlarning upakovkasi va tarasining holatini, 
markirovkasini va xujjatlarning to’g’riligini, yuk tashish to’lovlarini tekshiradi va 
ta’minlaydi. Bundan tashqari yukni ortish, tushirish, saqlash, sug’urta qilish, yuk 
yetib kelganligi haqida haridorlarga xabar berish, bojxona xizmatidan foydalanish 
va boshqa ishlar bilan shug’ullanadi. Chet mamlakatlarda xamma firmalar o’zining 
xuquqiy holatiga ko’ra 2 turga bo’linadi:
- xususiy korxonaga; 
- tadbirkorlar birlashmasiga;
Xususiy korxona bir kishining yoki oilaning mulki hisoblanadi. Xususiy 
korxonalar savdo reyestorida mustakil korxona deb yoki shu tadbirkorga qarashli 



biron bir boshqa korxonaning filiali deb qayd etiladi. Korxonani boshqarish bilan 
uning egasi shug’ullanadi yoki shunday huquq berilgan menejer shug’ullanadi. 
Odatda xususiy korxonalarga mayda va o’rtacha firmalar kiradi. Lekin, juda katta 
oilaviy xususiy firmalar va kompaniyalar mavjud. 
Hozirgi zamonda tadbirkorlar uyushmasining ahamiyati juda katta. Chet 
mamlakatlarda tadbirkorlar uyushmasining yagona klassifikasiyasi mavjud emas. 
Ular asosan mulkga va kapitalga qarab taqsimlanadi. Ko’p mamlakatlarda 
tadbirkorlik uyushmasining turlari quyidagicha:
- to’liq o’rtoqlik;
- kommandit o’rtoqlik;
- mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ); 
- aksiyadorlar jamiyati.
O’rtoqlik bu shaxslarning birlashmasi, jamiyat esa kapitallarning 
birlashmasidir.
To’liq o’rtoqlik bu foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshiradigan ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidir.
Birlashmaning umumiy zarari va foydasi shu shaxslarga proporsional ravishda 
taqsimlanadi. Ular o’z faoliyatining (xo’jalik va moliyaviy) natijalarini keng 
ommaga e’lon qilishi shart emas. 
O’rtoqlik a’zolarining soni chegaralanmagan. Agar uning bir a’zosi a’zolikdan 
chiqmoqchi bo’lsa, to’liq o’rtoqlik tarqatilishi mumkin. Odatda bir a’zo o’zining 
ulushini boshqa a’zolarning roziligisiz yangi a’zoga sotishi mumkin emas. Agar 
yangi a’zo qabul qilinsa, o’rtoqlikni tuzish haqida yangi shartnoma tuziladi. Shu 
o’rtoqlikning ishlarini olib borish xamma a’zolarning zimmasiga tushadi. Lekin, 



nizom asosida yoki ishtirokchilarning kelishuvi asosida ish yuritish bir yoki bir 
necha kishilarga yuklatiladi.
Kommandit o’rtoqlik bu ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidan 
iborat bulib, bunda ba’zi birlari (to’liq o’rtoqlik) birlashma oldida o’zining vkladlari 
va mulki bilan javobgar, ba’zi birlari esa (kommanditistlar, vkladchiklar) faqat 
o’zlarining vkladlari bilan javobgar. O’rtoqlikning vakili sifatida harakat qilish va 
o’rtoqlik nomidan har hil ishlarni bajarish faqat to’liq a’zolarga yuklatiladi. 
Kommandit o’rtoqlik keng omma oldida hisobot berishi majbur emas. 
MChJ – kapitallarni birlashtiruvchi jamiyatdir. Jamiyat a’zolari fakat 
o’zlarining vkladlari buyicha javobgarlidir. Ushbu jamiyatning kapitali 
ishtirokchilarning ulushi, ya’ni jamiyat a’zolarining «payidan» iborat. Pay, o’zining 
egasiga paychilarning umumiy majlisiga qatnashish, dividentlar olish va mabodo 
kompaniya tarqatilsa, uning mulkining bir qismini olishi mumkin. Odatda, bu 
jamiyat a’zolari uncha ko’p bo’lmaydi, bir birini juda yaxshi taniydi yoki bir biri 
bilan qarindosh bo’ladi. Bu jamiyatni boshqarish bir necha kishiga yuklatilishi 
mumkin. Ular jamiyatning a’zosi bo’lishi mumkin va bo’lmasligi ham mumkin. Ular 
ham keng ommaga hisobot berishi majbur emas.
Aksiyadorlar jamiyati – aksiya chiqarish orqali kapitallarni birlashtiradigan 
jamiyatdir. Aksiya muhim hujjat hisoblanadi va u bir kishidan ikkinchi kishiga 
bemalol o’tishi mumkin. Jamiyatning majburiyati buyicha hissador-aksiyadorning 
javobgarligi faqat aksiyalar uchun to’langan mablag’ bilan belgilanadi. Jamiyatning 
faoliyatini boshqarish va vakolatlik firma boshqaruvining a’zosi bo’lgan 1-ta yoki 
bir nechta boshqaruvchiga yuklatiladi. Raxbarlar o’z xarakatlari uchun, firmaga 
keltirilgan zarar uchun o’zlarining mulki bilan javobgardirlar. Aksiyadorlik jamiyati 
o’zining yillik hisobotini yil oxirida e’lon qiladi. Jamiyatning nizomi jamiyat 
ta’sischilari tomonidan ishlab chiqiladi va davlat tomonidan tasdiqlanadi. Nizomda 
aksiyalar chiqarilishining maksimal summasi, ya’ni nizomli kapitali va 
aksiyalarning nominal narxi qayd etiladi. 


10 
O’zaro Hamkorlik (YeS) davlatlari o’rtasida firmalarning huquqiy holatlari 
bo’yicha yagona klassifikasiya ishlab chiqilgan. Bu klassifikasiya asosida 2 hil 
kompaniyalar mavjud: ommaviy va xususiy turdagi kompaniyalar. Ommaviy 
turdagi kompaniya o’zining huquqiy holati bo’yicha aksiyadorlik jamiyatga mos 
keladi. Xususiy kompaniya esa Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatga (MChJ) mos 
keladi. Mulkining harakteriga ko’ra firma quyidagi turlarga bo’linadi:
- xususiy; 
- davlat;
- kooperativ. 
Jahonda o’zining maqsadiga binoan ishtirokchilar orasidagi munosabatlarga 
ko’ra, mustaqillik darajasiga ko’ra birlashmalarning bir necha turlari mavjud, bu 
kartellar, sindikatlar, trestlar, konsernlar, pullar, sanoat xoldinglari, moliyaviy 
guruxlar.
Kartel – bu bir tarmoq yo’nalishidagi firmalar birlashmasi, ularning o’zaro 
kelishuvi - savdoni boshqarish. Lekin, ular orasida yashirincha faoliyat 
ko’rsatadiganlari bor, chunki ular qonunga hilof ravishda faoliyat ko’rsatishadi. 
Sindikat - firmalar mahsulotlarini sotish maqsadida yagona tashkil qilingan 
aksiyador jamiyat yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ko’rinishidagi tashkilot. 
Sindikatlar kon metallurgiya, ximiya tarmoqlarida ko’p tarqalgan. Ular odatda 
sindikat katnashchilari, ya’ni firmalar uchun hom ashyo sotib olish uchun ham 
xizmat qiladi.
Poollar – kartel turdagi birlashmalarga o’xshashdir. Pool bu tadbirkorlar 
birlashmasi bo’lib, ular daromadining taqsimlanishi quyidagicha: foyda oldin 
umumiy qozonga tushadi va oldindan kelishilgan asosda (proporsiyada) 
taqsimlanadi. 


11 
Trest – bu o’zining yuridik va xo’jalik mustaqilligini yo’qotgan holda, har hil 
tadbirkorlarga qarashli bo’lgan korxonalar birlashmasi bo’lib, yagona ishlab 
chiqarish majmuani tashkil qiladi. Trestning boshqa birlashmalardan farqi shundaki, 
bunda ishlab chiqarish faoliyatining bir turliligi, ya’ni bir yoki bir nechta mahsulot 
chiqarish bilan chegaralangan. Shu trestga har xil tarmoqlarning korxonalari 
birlashishi mumkin. Ular o’z hissasini ketma-ket qo’shishi mumkin.
Konsern – bu mustaqil korxonalarning birlashmasidir. Konsernga birlashgan 
korxonalar aksiyador jamiyat shaklida yuridik shaxs sifatida saqlanadi. Ular o’zaro 
ishlab chiqarish hamkorligi bo’yicha, patent-lisenziya kelishuvlari bo’yicha, 
moliyalashtirish bo’yicha birlashishi mumkin. 
Sanoat xoldingi – bu bir necha kompaniyalar va korxonalarning faoliyatini 
nazorat qiladigan va ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydigan tashkilot. Bu 
tashkilotga kirgan korxonalar xuquqiy va xo’jalik mustaqildir. Ular o’z nomidan har 
xil tijorat kelishuvlarini amalga oshirishadi. Lekin faoliyatlarining asosiy 
masalalarini hal qilish sanoat xoldinglariga tegishli.
Moliyaviy guruhlar – bu turli tarmoqlarga (sanoat, savdo, transport, kredit va 
h.k.) taaluqli bo’lgan, huquqiy va xo’jaligi mustaqil bo’lgan, , korxonalarni 
birlashtiradigan tashkilotlar. Bu tashkilot boshida bitta yoki bir nechta banklar 
turadi. Ular shu korxonalarning moliyaviy va boshqa kapitallarini boshqaradi. 
Firmalarni o’rganish uslubi.
O’rganilayotgan firmalar odatda 3 guruhga bo’linadi: harakat qilayotgan 
kliyentura (kontragentlar); taxmin qilinayotgan (potensial) kliyentura; raqib 
firmalar. Har bir kiziqtirayotgan firma EHMning ma’lumotlar bazasiga (roster) yoki 
kartotekaning tegishli bo’limiga kiritiladi. Har bir qiziqtiradigan firmalar bo’yicha 
quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 
- Firma haqidagi umumiy ma’lumotlar: firmaning nomi, manzili, ro’yxatga 
olgan mamlakat, qayd etish raqami, teleks yoki telefaks nomeri.


12 
- Firmaning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar: 
aksiyador kapitalning, aktivlarning, sotuvlarning o’lchovi; band bo’lganlar soni; o’z 
mamlakatida ilg’or kompaniyalar orasida egallab turgan o’rni va dunyodagi yirik 
kompaniyalar orasidagi o’rni.
- Firma xo’jalik faoliyatining turi: sanoat; savdo; transport-ekspeditorlik; 
injiniringli va h.k.
- Firma mulkining xarakteri: xususiy; davlat; yarimdavlat; kooperativ. 
- Firmaning huquqiy holati: aksiyador jamiyat; korporasiya (AQSh); ommaviy 
kompaniya; mas’uliyati cheklangan jamiyat; xususiy kompaniya; to’liq o’rtoqlik; 
kommandit o’rtoqlik; shaxsiy firma.
- Kapital va nazorat bo’yicha firmani taaluqligi: milliy; xorijiy; aralash. 
- Firmani tashkillanish tarixi va rivojlanish xususiyatlari: tashkil etilgan yili; 
asosiy birlashuvlar, qamrab olishlar; nomini o’zgarishlari.
- Firma kiradigan birlashmaning turi va unda firmaning holati: asosiy 
kompaniya (materinskaya kompaniya); filial; qizlik kompaniya (dochernyaya); 
assosiasiyali kompaniya. 

Ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot nomenklaturasi:
asosiy tovarlar yoki tovarlar guruhi; mutaxassislik yo’nalishi; eksport va import 
nomenklaturasi.


13 
- Muhim ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo’yicha firmani dunyo bozoridagi 
o’rni: asosiy tovarlarni milliy (dunyo bo’yicha) ishlab chiqarish (sotish)da firmaning 
(udelnыy ves); mamlakatning eksporti va importidagi ulushi.
- Firma tashqi iqtisodiy faoliyatining ahamiyati va xarakteri: xorijdagi qizlik 
kompaniyalarning soni, shu jumladan ishlab chiqaruvchi, ularning joylashishi, 
faoliyat turi; firmaning (butunlay va muhim mahsulotlari bo’yicha) faoliyatida 
ishlab chiqaruvchi mamlakatdan eksportning ahamiyati (ulushi); firma faoliyatida 
import operasiyalarning ahamiyati, ularni geografik yo’nalganligi.
- Firmaning ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazasi: ishlab chiqarish 
korxonalarning soni, joylashishi va ularning quvvati; sotuv korxonalarining, 
skladlarning va texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarning soni, ularning joylashishi. 
- Chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlarning asosiy turlari bo’yicha 
muhim firmalar-kontragentlar va raqib firmalar.
- Boshqa firmalar bilan ishlab chiqarish-texnik va boshqa xo’jalik aloqalar 
(firmalarning nomlari, aloqa shakllari ko’rsatiladi). 
- Firma boshqaruv apparatining tarkibi: direktorlar kengashi va boshqarmaning 
sonli tarkibi; ishlab chiqarish bo’limlarning nomlari, ularga biriktirilgan mahsulot 
nomenklaturasi, xo’jalik mustaqillik va javobgarlik darajasi.

Aksiyador kapital: mulkdorlar orasida aksiyalarni taqsimlash;
aksiyalarning asosiy paketi, ularning taaluqliligi va egalari.
- Firmani banklar bilan aloqasi va bu aloqalarning xarakteri.


14 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin