Test 1 Muayyan tovarning fakat ikki nafar etkazib beruvchisi mavjud bo’lgan bozor tuzilmasi turi bu



Yüklə 38,75 Kb.
tarix26.04.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#102730
RAQOBAT NAZARIYASI 10.02.22


TEST 1
1.Muayyan tovarning fakat ikki nafar etkazib beruvchisi mavjud bo’lgan bozor tuzilmasi turi bu.. A) Oligopoliya
B) Monopoliya
S) Monopsoniya
D) Duopoliya
2.Yagona tovar etkazib beruvchi va yagona iste’molchining qarama qarshi kurashi vujudga keluvchi bozor

  1. bilateral monopoliya

  2. uch tomonlama monopoliya

S) yagona monopoliya D) cheksiz monopoliya
3.Monopoliyadan asosiy maqsad?

  1. iqtisodiy yordam tarafdori

  2. olinayotgan foyda hajmining ko’payishi

S) zarardan qochish
D) kam mablag’ sarflash
4.Monopoliyaning bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra turlari

  1. sof monopoliya, duopoliya, oligopoliya, monopsoniya

  2. erkin raqobat

S) mukammal raqobat
D) cheksiz monopoliya
5.Legal monopoliya...

  1. Bunday manopoliya turi mavjud emas

  2. Bu ahamiyatsiz tarzda tashqil etiluvchi monopoliya

S) Bu noqonuniy tarzda tashqil etiluvchi monopoliya
D) Bu qonuniy tarzda tashqil etiluvchi monopoliya
JAVOBLAR
Makro darajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin.
Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Firmaning raqobatbardoshligini baholash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda «raqobatbardoshlik» tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang’ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi. Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Firmaning raqobatbardoshligini baholash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda «raqobatbardoshlik» tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang’ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.

mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.


Raqobat munosabatlari uchta bosqichda amalga oshiriladi:
: Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun

mahsulot, ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari;

mezotarmoqlar, korxonalarning tarmoq korporativ birlashmalari va gorizontal integratsiyalashgan firmalar;

tarmoqlararo integratsiyalashgan makroiqtisodiy majmualar.

Har qanday sanoat firmasi, har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o‘zi uchun zarur bo‘lgan raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to‘g‘ri keladi. Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyoti jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb etilgan, milliy bozor va
uning talablari esa jahon bozori va xalqaro raqobatbardoshlikning faol ta’siri ostida shakllanadi.
O‘zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizastiya qilish, yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab etiladi.
Korxona strategiyasi, ya’ni oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aks ettirishdan iborat:

  1. Qo’llaniladigan ilmiy yondashuvlar va boshqaruv usullarining soni va chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining kuzatuvi sifatini tahlil qilish:


    • o‘z fan-texnika taraqqiyoti tizimi;


    • mutaxassislarning ijodiy salohiyati;


    • yangiliklarni joriy etishga undash;


    • raqobat va kooperastiya motivlari;


    • o‘zgartirishlar kirituvchi yangiliklar;


    • o‘zgartirish kiritmaydigan yangiliklar;


    • bozor talablariga moslashish;


    • mahsulot tizimini rivojlantirish;


    • texnologiyani rivojlantirish;


    • binolar va inshootlarni loyihalashtirish.


  2. Tizimning chiqish komponentlarini, ya’ni tashkilot strategiyasining sifatini tahlil qilish, uning ichki zaif va kuchli tomonlari, tashqi tahdidlar va imkoniyatlardan kelib chiqib maqsadni aniqlashtirishdan iborat («SWOT-tahlil»).


  3. Tashkilot chiqishidagi asosiy raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishining raqobatbardoshligi, samaradorligi va barqarorligi, tashqi tahdidlar va imkoniyatlar, raqobatchilarning ichki kuchli va zaif tomonlari.


  4. Tarmoqda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tarmoqda raqobat shakli va kuchining tahlili.


  5. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mamlakat makro muhiti omillari.


  6. Tizimga kirishda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tashkilot yetkazib beruvchilari o‘rtasida raqobat kuchining tahlili.


  7. Boshqaruv tizimining boshqariladigan kichik tizimi sifatini tovarlar sifati va resurs talab qilishi, ularga servisning sifati, bozor infratuzilmasi, faoliyatning ushbu yo‘nalishlari samaradorligi tahlilini tashkil qilish.


  8. Tashkilotni boshqarish tizimining boshqaruvchi kichik tizimlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan tahlil qilish.


  9. Strategik marketing, innovatsion va ishlab chiqarish menejmenti, taktik marketing tizimida aloqalar tarkibi, mazmuni va sifatini tahlil qilish, uning zaif va kuchli tomonlarini aniqlash.


  10. Ishlab chiqariladigan tovarlar, yangiliklar va bajariladigan xizmatlar, xodimlar va texnologiyalar, umuman, tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil qilish.


  11. Resurslardan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish rentabelligini tahlil qilish.


  12. Tashkilot faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini tahlil qilish.


  13. Tovarlar raqobatbardoshligi, ular asosida tashkilot strategiyasini ishlab chiqish uchun uning faoliyat ko‘rsatishi samaradorligi va barqarorligining strategik va taktik omillarini belgilash.


Mintaqaning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bilan aniqlanadi:




    • birinchi bosqichda - ishlab chiqarish omillari: tabiiy resurslar, tovarlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar, malakali ishchi kuchi hisobidan;


    • ikkinchi bosqichda - ta’lim, texnologiya, listenziyaga tajovuzkor investistiyalash asosida;


    • uchinchi bosqichda - «romb»ning barcha tarkibiy qismlarining amal qilishi yo‘li bilan mahsulotning yangi turlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, tashkiliy qarorlar va boshqa innovatsiyalar hisobidan;


    • to‘rtinchi bosqichda - tashkil etilgan boylik hisobidan va to‘liq foydalanmayotgan barcha determinantlarga tayanadi.


Raqobatni kuzatib borish tizimi quyidagi to‘rt asosiy savolga javob topishga asoslanadi:




    • raqobatchining asosiy maqsadlari nimadan iborat?


    • ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy strategiya qanday?


    • raqiblar o‘z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday vositalarga egalar?


    • ular kelgusida qanday strategiyalarni ilgari surishlari mumkin?


Dastlabki uch savolning javobi kelgusi strategiyalarni avvaldan prognozlashga imkon beradi. To‘rtta savolning barchasi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida raqiblarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Ko‘plab yirik firma va kompaniyalar raqobatni kuzatishga katta e’tibor berib, kerakli ma’lumotlarni to‘plash uchun katta mablag‘larni sarflaydilar.


Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo‘lgan. Bu usulni qo‘llash uchun korxona boshqalarnikidan ko‘ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, bu narxni tushirish imkoniyatini beradi.
Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham o‘zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi raqobat usullari o‘rnini narx bilan bog‘liq bo‘lmagan usullar egallay boshlaydi. Raqobat kurashida mahsulot sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi.
Yirik korporatsiyalar narxni tushurish yordamida raqobatchisini bozordan o‘zi ziyon ko‘rmagan holda siqib chiqarishi amrimahol bo‘lganidan, u bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli, hatto inqiroz davrlarida ham, narxlar barqarorligicha qolaveradi.
Mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar quyidagi rasmda
keltirilgan:

    1. Mahsulot raqobatbardoshligini ta'minlovchi usullar



Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o‘rin egallaydi, chunki:

  1. narxni pasaytirish tovar sotishni ko‘paytirish imkonini bermaydi, chunki raqib ham narxni pasaytirish mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo‘liga o‘tiladi, bu bilan tovar sotishni ko‘paytirish mumkin;


  2. yirik firmalar kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotni yangilash, uni modernizastiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar.


Narx bilan bog‘liq bo’lmagan raqobat usullarining qo‘llanishi o‘zaro kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‘proq yashirin tus olmoqda, ya’ni tovarlar e’lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‘llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish po‘lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir.


Tovarning sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‘z ichiga ko‘plab elementlarni oladi. Bular birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko‘rsatkichlari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va miqdori, ilg‘or tajriba natijalariga javob beruvchi va alohida xususiyatlari.

O‘z tovarini raqobatchi tovari bilan taqqoslash chizmasi quyida keltirilgan.


Vujudga keltirmoqchi bo`lgan bozordagi barcha tovarlar

Marketing qo`llab-quvvatlashni talab etayotgan o`z (shaxsiy) tovar

Eski tovarlar

Yangi tovarlar

Tovarni ishlab chiqish

Tovarning xususiyatlari

Tovarning foydaliligi

3.2-rasm. O‘z tovarini raqobatchi tovari bilan taqqoslash


Ishlab chiqishning joriy bosqichi

Ishlatishdagi foydaliligi

Razmeri, rangi, shakli, materiali, og`irligi, sorti

Ishlab chiqarish asosi

Egalik prestiji foydaliligi

Marketing qo`llab-quvvatlashni talab etayotgan o`z (shaxsiy) tovar

Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko‘paytirish va mehnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo‘limlarining muhim vazifasidir. Reslublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan va texnika yutuqlarini tobora kengroq qo‘llashning asosidir.
Firmalar o‘rtasida quyidagi raqobatni o‘zgartirish variantlari mavjud:

    • Raqib firmalar sonining o‘sish bilan raqobat kuchayadi.


    • Ko‘pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi.


    • Tovarga bo‘lgan talab sekin o‘sganda raqobat kuchli bo‘ladi.


    • Qachon tarmoqda xo‘jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo‘llanilsa raqobat kuchayadi.


    • Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo‘lmagan boshqasiga o‘tayotganda raqobat kuchayadi.


    • Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‘zining bozor ulushidan qoniqmagan bo‘lsa raqobat kuchayadi.


    • Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‘sishi bilan proporsional holda raqobat kuchayadi.


    • Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‘lganda to‘siqlar yuqori bo‘lganda raqobat kuchayadi.


    • Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladigan bo‘lsa raqobatning borishini aytish mumkin.


    • Raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar:


    • Raqobatchi firmalar soni


    • Raqiblar harakatlarining diversifikastiyalashuvi darajasi


    • Bozordagi talab hajmini o‘rganish


    • Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi


    • Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish harakatlari


    • Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi


    • Bozorga kirib kelish va uning darajasi


    • Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat


    • Raqiblar strategiyasidagi farqlar




    1. Tarmoq raqobatbardoshligining mazmuni


Tarmoq raqobatbardoshligini baholash. Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbardoshligi, o‘z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir- biriga o‘xshash bo‘lib, ular tashqi va ichki ustunliklarga bo‘linadi.


Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:

    • mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;


    • kichik va o‘rta biznesning davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi;


    • mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;


    • jamiyat va bozorlarning ochiqligi;


    • mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;


    • standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg‘unlashuvi;


    • fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‘llab- quvvatlanishi;


    • mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;


    • mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning yuqori darajasi;


    • mamlakatda past soliq stavkalari;


    • qulay va arzon resurslarning mavjudligi;


    • mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar.


    • Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:


    • tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj;


    • jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi;


    • boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi;


    • yetkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;


    • sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;


    • resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi;


    • tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.);


    • menejerlarning raqobatbardoshligi;


    • tovarning ekskluzivligi;


    • ko‘p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;


    • raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‘i va boshqalar.


Korxona raqobatbardoshligi uning ma’lum bir sohada boshqa raqib korxonalardan ustunligini anglatadi. M.Porterning fikricha, raqobatbardoshlik o‘z navbatida resurslardan samarali foydalanishni aks ettiradi. Korxona raqobatbardoshligini oshirish yo‘llaridan biri innovatsiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, bozor sharoitlarining doimiy o‘zgarishi marketingda innovatsiyalarni qo‘llash zaruratini oshirmoqda.


Inqirozli vaziyatlar sharoitida iste’molchilar ehtiyojiga tayangan holda mahsulot ishlab chiqarish, korxonani bozorda raqobatbardoshligini oshiradi va o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, texnologik innovatsiyalar uchun moliyaviy resurslar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, innovatsion marketing korxonaning raqobat kurashida asosiy dastak bo‘lib xizmat qiladi. Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning mijozlari tomonidan belgilanadi. Agar, mijozlar korxona mahsulot va xizmatlarini ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan ko`proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda unga tashqi yordam zarur bo‘ladi yoki bunday korxona inqirozga yuz tutadi. Bu borada P. Druker quyidagi fikrni bildirgan: «biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo`lganligi sababli, korxonaning ikkita va faqat ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya».

Xaridorlar fe’l-atvorlarini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, qiyoslash va tanlash jarayonida foydali samara (R) sotib olish va foydalanish xarajatlari (solishtirma foydali samara)ga nisbatan o‘ziga o‘xshash tovarlarga Qaraganda eng yuqori bo‘lgan tovar xaridor

tomonidan yuqori baholanadi, shu sababli bir tovarning jami boshqa tovarlarga nisbatan ustunligi, afzal deb e’tirof etilishini quyidagicha ifodalash mumkin:

R

K q — —> max S



Xuddi shu ifoda umumiy ko‘rinishda tovar raqobatbardoshligining sharti hisoblanadi. Doktor P. S. Zavyalov fikricha, «Raqobatbardoshlik deganda tovarning bozordagi xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi shu tovarning pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim».

Shunday qilib, xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog‘liq xarajatlar tashkil etadi. Agar mabodo tovar texnikaviy jihatdan murakkab buyum bo‘lsa, xaridor bu buyumdan foydalanishda yana xarajatlar qilishiga to‘g‘ri keladi, aytaylik, yonilg‘i, surkov moylari, ehtiyot qismlar va boshqalar sotib olishiga majbur bo‘ladi. Mabodo tovar ishlab chiqarish maqsadlarida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, ularni o‘qitishga, sug‘urta qilishga va boshqalarga mablag‘ sarflash lozim. Aksariyat xollarda tovar sotilganidan keyin uni xaridorga yetkazib berish, o‘rnatish, tekshirish zarur. Tovar iste’moli bilan bog‘liq bo‘lgan jami xarajatlar "iste’mol narxi" deb ataladi. Odatda iste’mol narxi xarid narxidan yuqori yuradi (yuk mashinasining umri davomida xarid narxi umumiy foydalanish xarajatlarining faqat 15% ni, magistral samolyotniki 11% ni, ro‘zg‘or xolodilniginiki 10% ni, traktorniki 19% ni tashkil etadi). Shu sababli bozorda eng past narx qo‘yilgan tovar emas balki xaridorga xizmat qilishning butun davri davomida iste’mol narxi eng past bo‘lgan tovar eng raqobatbardosh hisoblanadi.


Tadqiqotlarga ko‘ra, innovatsion marketing yangi mahsulotlar, uskunalar, xizmatlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni bozorda realizatsiya qilish uchun yangi marketing usullaridan foydalanish bilan bog‘liq. Korxonalar faoliyatini tahliliga asosan, marketingda innovatsiyalardan foydalanish, iste’molchilar talabini to‘liq qondirish hamda yangi bozorlarni egallash imkoniyatini beradi.
Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsiya o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
  1. Shakliga ko‘ra innovatsiya: mahsulot innovatsiyasi (innovatsion faoliyatning moddiy natijasi), innovatsion xizmatlar (nomoddiy natija), jarayon va texnologik innovatsiya (texnologiyaning o‘zgarishi), kadrlar innovatsiyasi hamda yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari.


  2. Yangilik darajasiga ko‘ra innovatsiya: inkremental (quyi, o‘suvchi), modulli, arxitekturali va radikal (yuqori).




Binobarin, innovatsiyalar yangilikni tavsiflovchi hamda samara keltiruvchi mahsulotlarda, xizmatlarda va jarayonlarda turli darajadagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin