Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 228 O‘zbek istonning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvi vа uning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni



Yüklə 216,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix27.12.2023
ölçüsü216,95 Kb.
#199789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Markaziy Osiyo 
davlatlardan 
import 
Markaziy Osiyo 
davlatlardan 
export 
 
Markaziy Osiyo 
davlatlariga 
export
 
Markaziy Osiyo 
davlatlariga 
import
 
Qozog’iston
 
Qirg’iziston
 
Tojikiston 
Turkmaniston
 
2021 
Yil 
Mln. 
AQSH 
dollarda 
MOLIYA VA SOLIQLAR


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 
 233
marali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida 
eksport hajmining barqaror o‘sishi uchun qulay 
shart-sharoitlarni yaratishdir.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlash-
tirish uchun xoriji
y sarmoyalarni ustuvor yo‘nalish
-
larga keng jalb qilish, ularga kafolat va imkoniyatlar 
berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qara-
tilgan izchil siyosat olib borilmoqda.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish 
va rivojlantirishda quyidagil
arni ustuvor yo‘nalish
-
lar sifatida keltirish mumkin:
 

respublikaning eksport qudratini rivojlanti-
rish va yanada mustahkamlash, kichik biznes va xu-
susiy tadbirkorlik korxonalari mahsulotlari asosida 
eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
 

eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon 
bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho 
xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot 
ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni rivojlanti
-
rish zarur. Eksportni kengaytirishga qaratilgan stra-
tegiyan
i faol qo‘llash bilan bir qatorda importning 
salmog‘ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchil
-
lik bilan o‘tkazish, o‘zimiz ishlab chiqarishimiz 
mum
kin bo‘lgan tovarlar va mahsulotlarning chet
-
dan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib bo-
rish talab qilinadi;
 

tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlash-
tirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xori
-
jiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, o‘z 
mah
sulotini chet ellarda sotishda ko‘proq erkinlik
-
lar berish, tovarlarni eksport va import qilishda 
birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida 
aniq maqsadni ko‘zlab siyosat o‘tkazish;
 

xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amal-
ga oshirilayotgan sanoat loyihalarining bir-biriga 
bog‘liqligini ta’minlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro i
qti-
sodiy va ishlab chiqarish, hamkorlik va infratuzil-
ma
ni rivojlantirish va bu orqali import o‘rnini bo
-
suv
chi va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulot 
ishlab chiqarish va yetishtirishga erishish;
 

olib borilayotgan islohotlarda hududiy di-
versifikatsiya siyosatini yanada kuchaytirish, nafa-
qat markaziy hududlarda, balki chekka tumanlarda 
ham yirik sanoat obyektlarini qurishni keng yo‘lga 
qo‘yish;
 

tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari 
majmuyini ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, 
konsalt
ing va sug‘urta firmalari, tashqi aloqalarni 
rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladi-
gan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimla-
rini vujudga keltirish;
 

xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat
bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida 
malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
 
Shuningdek, mamlakatimizda islom moliya-
viy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani 
yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot 
banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari eks-
pertlari jalb etiladi[16]. Xalqaro moliya institutlari 
ham mazkur dasturda ishtirok etish uchun 270 mil-
lion dollar yo‘naltirishga tayyor ekanini bildirdi. 
Qan
day soha va qanday biznes bo‘lmasin, uni tash
-
kil etish bo‘yicha turli qiyinchiliklar va muammo
lar-
ga duch kelinadi. Ammo islom moliyasi boshqa so-
halarga taqqoslaganda, nisbatan murakkab va yangi 
yo‘nalish hisoblanadi. Sababi islom moliyasi tushun
-
chasi yangi moliyaviy atama sifatida o‘tgan asrning 
50-
yillarida ilmiy adabiyotlarda qo‘llanila bos
hlan-
di. 1970-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida Dubay 
Islom banki va Saudiya Arabistonida Islom taraqqi-
yot banklarining tashkil etilishi bilan islom moliyasi 
asosida faoliyat yuritadigan tashkilotlar tarixi bosh-
landi, deb hisoblash mumkin. Shu nuqtayi nazardan, 
islom moliyasi an’anaviy moliyaning nisbatan yangi, 
ammo jadal sur’atlarda o‘sizb borayotgan yo‘nalishi 
hisoblanadi. Quyidagi grafikda islom moliyasi aktiv-
larining so‘nggi 10 yildagi o‘sishini ko‘rish mumkin.

Yüklə 216,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin