Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son 228 O‘zbek istonning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvi vа uning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni


-yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq



Yüklə 216,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix27.12.2023
ölçüsü216,95 Kb.
#199789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1977-yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq 
xo‘jaligini
 
rivojlantirish 
jamg‘armasining
 
(XQXRJ) 
asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakat-
larda oziq-
ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va 
kam ta’minlanganlarning ovqatlanish holatini yax
-
shilash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishdan 
iborat. Jamg‘arma kam ta’minlangan qishloq uy 
xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq 
xo
‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘pay
-
tirishga sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni 
safarbar qiladi. 
Tadqiqot metodikasi.
 
Mamlakatimizda tad-
birkorlikni rivojlantirishda islomiy moliyasidan foy-
dalanish yo‘llari asoslanib, 
eksportni kengaytirishga 
qaratilgan strategiyalarni asoslash jarayonida qiyo-
siy solishtirish, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va 
iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, manti-
qiy fikrlash, ilmiy abstraktsiyalash, ma’lumotni 
guruhlash, analiz va sintеz, induksiya
va dеduksiya 
usullaridan kеng foydalanilgan.
 
Tahlili va natijalar.
Erishilgan muvaffaqiyat-
lar bilan birga, bir qator hal etilmagan muammolar 
saqlanib qolmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining 
ishlab chiqarish infratuzilmasi, kredit va boshqa 
moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini 
ta’minlashda qiyinchliklar
ga duch kelinmoqda. 
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni kompleks va tezkor 
hal etish, barcha darajadagi davlat organlarining 
yagona uslubiy rahbarlik ostida o‘zaro muvofiqlash
-
tirilgan hamkorlik qilishi, xususiy mulkning ishlashi,
tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab
-quvvatlash, aholi-
ning keng qatlamlarini biznes bilan shug‘ullanishga 
faol jalb etish talab qilinadi. Tadbirkorlikni rivoj-
lantirishda xalqaro moliya organlarining o‘rni juda 
katta.
 
Hozi
rgi sharoitda mamlakatlar o‘rtasida o‘za
-
ro aloqalarning kengayishi har bir mamlakatning 
milliy iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ularni hisobga olish har bir davlatning samarali 
tashqi iqtisodiy siyosat yuritishining zarur shartiga 
aylanib qoldi. Mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraq-
qiyoti o‘zining ma’no
-mazmuni jihatidan oldingi 
bosqichlardan keskin farq qiladi. Xalqaro moliya 
munosabatlarining o‘ziga xos jihati shundaki, ushbu 
munosabatlar o‘zida milliy va jahon xo‘jaligi muam
-
molarini mujas
samlashtiradi. Jahon xo‘jaligining 
globallashuvi va baynalmilallashuvi natijasida to-
varlar, xizmatlar va ayniqsa, kapital oqimlarining 
xalqaro darajadagi aylanmasi kengaymoqda. 
 
Barcha mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasi-
ning xalqaro tajribasi Markaziy O
siyo hamdo‘stligi 
doirasidagi integratsiya jarayonlarida foydalanish 
mumkin bo‘lgan bir qancha xulosalarga kelish 
imkonini beradi.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti, 
jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
korxonalari 
ham, O‘zbekiston 
Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning 
natijalariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi da-
romadga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni 
tasarruf etishga haqlidir. 
 
Hozirda O‘zbekistonning xalqaro hamjami
-
yatda hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mav-
qeyi oshib bormoqda. Bunda davlatimiz hukumati 
tomonidan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojla-
nish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqti-
sodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga 
oshirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib beril
-
ganligi bu yo‘ldagi yutuq hamda marralarning sal
-
moqli bo‘lishiga imkoniyat yaratmoqda.
 
Bizga ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat 
milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositasi 
hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga 
bo‘lgan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini belgilab 
beradi. MDH mamlakatlari tashqi savdo aylanmasi-
ning katta qismini tashkil etib kеladi. Yaqin yillar
da-
gi tashqi savdo aylanmasining umumiy ko‘rsatkich
-
lari 2017-yilda 34,2 %, 2018-yilda 36,3 %, 2019-
yilda 34,6 %, 2020-yilda 32,2 %, 2021-yilda 37,7 
%ni egallagan holda asosiy savdo hamkorlarimiz 
guruhi 
bo‘lib kеlmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni 
qo‘llab
-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ush-
bu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash 
bo‘yicha olib borilayotgan chora
-tadbirlar doirasida 
o‘tgan yil davomida MDH davlatlari bilan umumiy 

Yüklə 216,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin