Birja kotirovkalari -bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar baholari. Ushbu bozor tovarni hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi. Birja tovarlari narxlari naqd savdo qiluvchi bozorning joriy narxlariga asoslanadi, lekin bundan tashqari ularda foiz stavkalari va inqiroz sur’atlarining o‘zgarishlari ham hisobga olinadi.
Tovar birjalarida narxlari vaqti-vaqti bilan kuchli o‘zgarib turadigan tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkaziladi. Haqiqiy tovar almashinishi yuz beradigan naqd pulli bozorlardan farqli ravishda tovar birjalarida faqat shartnomalar oldi- sotdilari o‘z o‘rniga ega.
Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa
Mahsulot / xizmat
Xaridorning didi va
istaklari
Xaridor tomonidan qabul qilingan mahsulotning(xizmatning) qadrliligi
Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida axborot yig‘ish va umumlashtirish tizimi. Narxlar monitoringi esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha ustama xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning maqsadga muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi muvozanat 10.2. jadvalda keltirilgan.
Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu xususiyatlar xaridorlar didiga qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar tomonidan har xil baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridorlar bir xil mahsulot uchun har xil narx to‘lashga tayyordirlar. Mahsulotning qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning imiji, marka imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning uchun yangi sotuvchining yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan belgilab bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridorning hech bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi elementlaridan biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniqravshan vositasiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish, tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish, reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni rag‘batlantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda.
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada iste’molchilar tomonidan belgilanadi, sotuvchining narx sohasidagi imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor bu ”qurbonlik”ni tovarni sotib olish va undan foydalanishdan keladigan foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan yuqori, deb hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori narx bilan bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar sotib olgan odam uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi shunchalik oqlangan bo‘ladi. Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar kerak. Shunday qilib, xaridorlar narxlarga talab, daromadlar darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar tomonidan narxlarni ruhan idrok etish omili juda muhim.
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab (uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning har bir guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. Marketing bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan talab orasidagi bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini, shuningdek, ushbu mahsulotning turlicha narxiga talab qanchalik qaratilayotganini ham bilishi kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik jihatdan u egri talabning egilishidagi ma’lum burchak sifatida tasvirlanadi.
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda bo‘ladi, ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi. Budjeti cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga duch kelganlarida ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib oladilar.
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki pasayishiga bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Baho talab qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo hamma xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zgaradigan talabga aytiladi. Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar mavjud bo‘lganda, xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid qobiliyati) xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar hajmi foizli o‘zgarishining uning narxi foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan chiqqan qismi sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa, tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va aksincha, talab qanchalik elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z mahsulotiga emas, boshqalarnikiga narxlarni pasaytirish siyosatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo hajmining va firma foydasining keskin oshishiga olib keladi. Narx elastikligi asosida belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi.
Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor yetakchisi narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib beruvchilar narxini, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif qiluvchi raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va uning strukturasi raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni ko‘zda tutadi. Narxlar unga raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik firma narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar darajasi birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog‘i lozim.
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat boshqaruvi choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat moliyaviy ahvoli, valuta kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.