Axborot tizimining dasturiy ta’minoti deganda, kompyuter texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta’minotni bajaradigan funksiyalariga bog`liq holda uchta sinfga ajratish mumkin:
tizimli dasturiy ta’minot,
tadbiqiy dasturiy ta’minot va
dasturlash tizimlari
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidi

Raqamli iqtisodiyot - AKTga asoslangan iqtisodiyot bo‘lib, uni ba’zan onlayn iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ham atashadi.
Raqamli iqtisodiyot - AKTga asoslangan iqtisodiyot bo‘lib, uni ba’zan onlayn iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ham atashadi.
Texnik xususiyatlariga yuzlanadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyot quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
texnologik infratuzilma – apparat ta’minot, dasturiy ta’minot va aloqa tarmoqlari;
raqamli jarayonlar – biznes va boshqa turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli ta’minlaydigan jarayonlar;
elektron tijorat - Internet orqali maxsulotlar va tovarlarni sotish.