LMS platformalar 3 turga bo‘linadi:
Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS)
bulutli platformalar;
elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma.
serverga asoslangan LMSlar;
CMS bilan integratsiyalashgan LMSlar.
LMSning bulutli platformalari
o‘quv kursining materiallari LMSning bulutli platformalarida veb-xizmatni taklif etuvchining server kompyuteriga joylashtiriladi. LMSning bu turini ta’lim muassasasi yoki tashkilotning server kompyuteriga o‘rnatib bo‘lmaydi. LMSning bulutli platformalari veb-xizmat (masalan, pochta xizmati kabi) prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni veb-xizmat taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin, o‘quv kurslarini yaratish mumkin.
Serverga asoslangan LMSlar
tashkilot yoki ta’lim muassasasining serveriga o‘rnatiladi. Bu esa foydalanuvchilarga tizimga korporativ login va parol yordamida kirish imkonini beradi. Barcha ma’lumotlar tashkilot yoki ta’lim muassasasi server kompyuterida saqlanadi. Buning uchun esa LMSni o‘rnatish, sozlash, uning tashkilot yoki ta’lim muassasasi dasturiy ta’minotlari bilan integratsiyasini ta’minlash lozim. Asosan, ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida foydalaniladi.
CMS bilan integratsiyalashgan LMSlar
LMS funksiyalarini bajaruvchi maxsus dasturlar CMSga qo‘shiladi va CMSning imkoniyatlarini kengaytirib beradi. CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar bilan ishlovchi qism xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi.
o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan o‘quv materiallari va topshiriqlar yuzasidan fikr almashish hamda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uyushgan holda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bulutli LMS.
Schoology Google Drive, Microsoft OneDrive, Blackboard Collaborate, Moodle, PowerSchool, Evernote va YouTube bilan birlasha oladi. Shuningdek, u maktab ma’lumotlari tizimi bilan sinxronlashadi.
Platforma ta’lim muassasalari va kompaniyalarda kadrlar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan. Biroq ayni paytda amalda asosiy mijozlari sifatida ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Platformaning