Universistet elekton platformasi , shaxsiy kabinet , qaytar aloqani amalga oshirish , malumotlarni joylash .
Reja :
Platforma nima ?
Unversitetlardagi palatformalar qanday yaratilgan ?
Shaxsiy kabinet ochish haqida
“Elektron universitet” markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5987-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Markaz universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnik jihozlarning dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

Markazning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash;
“Elektron universitet” platformasi va rasmiy veb-saytni takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
universitet axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etish;
kompyuter texnikalari, audio, video va boshqa uskunalarning holatini o‘rganish, soz holatda bo‘lishini ta’minlash va ularni yangilab borish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qo‘llashni tashkillashtirish;
universitetni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va yangi informatsion texnologiyalar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish;
universitet binolariga o‘rnatilgan turniket tizimidan foydalanish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
universitetda (lokal va internet) tarmoqlarni boshqarish va axborot xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondoshgan holda yangi texnologiyalarni joriy etish;
universitetda internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilish;
korporativ elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash.