TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI “INFORMATIKA” KAFEDRASI
1 – ma’ruza Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari va tizimlari” fani O‘qituvchi: Maksimkulova Sh Kompyuter tizimining ishlash
blok-sxemasi
Raqamli iqtisodiyotda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining
oʻrni va vazifalari
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari fanining maqsad va
vazifalari
MAVZU REJASI:
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
N.X.Shoaxmedova, I.M.Abdullayeva. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar: Darslik. - T.: «Iqtisodiyot», 2021. - 20-33 b.
https://www.youtube.com/watch?v=mXL2X7uXBqk
3. https://mover.uz/watch/b16nLpkC
ASOSIY TUSHUNCHALAR:
Axborot industriyasi – bu eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari asosida axborot mahsulotlari va xizmatlarini (gazеtadan tortib, jurnal, kitob, kompyutеr o‘yinlari va kompyutеr tarmoqlaridagi axborotlargacha) kеng ko‘lamda ishlab chiqarish hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot – insonlar uchun qulayliklarni ta’minlaydigan ishlab chiqarish kompleksi, ya‘ni mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo‘lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, iqtisodiy ishlab chiqarish tizimidir.
“Axborotlashgan jamiyat” – bu ma’lumot va bilim eng qimmat tovar bo‘lgan jamiyatning turidir.
1. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari.
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari va tizimlari fanining asosiy maqsadi
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida foydalanish bo‘yicha fundamental bilim, ko‘nikma va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir