o’quv ishlari bo’yicha prorektor
_______________D.Xolmatov
«_____» ____________2022 yil
UMUMIY FIZIKA FAN ISHCHI DASTURI 1- kurs uchun
Bilim sohasi: 500000 – Tabiiy fanlar, matematika va statistika Ta’lim sohasi: 510000 – Biologik va turdosh fanlar Ta’lim yo’nalishi: 60510100 – Biologiya (kechki ta’lim) Namangan-2023
Fan\modul kodi
UKFB108
O’quv yili 2022-2023
Semestr 2
ECTS-Kreditlar 4
Fan/modul,turi Majburiy
Ta’lim tili O’zbek
Haftadagi dars soatlari 2-semestr 4 soat
Fanning nomi
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Umumiy kimyo va fizika
60
60
120
I. Fanning mazmuni Fanining o’qitishning maqsadi - Umumiy fizika fanining asosiy vazifasi talabalarni asosiy fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va laboratoriya i qo’llanishlari bilan tanishtirishdir.
Fizika fanining vazifasi- talabalarda fizikani o‘qitishda tabiatdagi fizik va biologic jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi va xayotiy ta’sirini o‘rganishdan, ilmiy laboratoriya i dunyoqarashini, ya’ni fizikaviy hodisalarning tabiatini to‘g‘ri tassavvur qilish, tabiiy fanlar sohasida qo‘yilgan har bir aniq vazifalar mazmunini umumiy fizika qonunlari bilan bog’lash, kasbiy xususiyatlariga oid asosiy fizikaviy o‘lchov asbob uskunalaridan foydalana bilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishhamda talabalarning mustaqil ishlash malakasini tahliliy mulohaza yuritish qobiliyatini, shuning dek asosiy va qo ‘ shimcha adabiyotlardan foydalanish mahoratini o’stirish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.1. Fan tarkibiga quyidgi mavzular kiradi
1-mavzu. Mexanika. Moddiy nuqta kinematikasi. Kirish. Fizika fani va uning biologiya fanini o‘rganishdagi ro‘li. Fanni o‘rganishdagi muammolar, uslubiy ko‘rsatmalar. Fizika va biologic jarayonlarning uzviy bog‘liqligi. Biologik jarayonlarning fizik talqini. Mexanik harakat. Fazo, vaqt, sanoq sistemalari haqidatushuncha. Ilgarilanma va aylanma harakatda tezlik va tezlanish haqida tushuncha. Egrichiziqli harakat.
2-mavzu. Moddiy nuqta dinamikasi. Kuch. Kuchlarni o‘lchash. Nuqtaga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanat shartlari. Nyuton qonunlari. Garavitatsion maydon va uning o‘zgarishining biologik jarayonlarga va biosferaga ta’siri. Deformatsiya. Guk qonuni. Ishqalanish kuchi, tabiatda va texnikada ishqalanish hodisasining ahamiyati.