1-ma’ruza. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” faniga kirish. Tarmoq axborot texnologiyalari. Iqtisodiyotda tarqatilgan axborotni qayta ishlash tizimlaridan foydalanish Reja: 1.Jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy masalalari va yo’nalishlari.
2.Texnik sohalarda va boshqaruvda AKTning roli.
3. Tarmoq xisobida avtomatlashtirilgan axborotlar texnologiyalari;
4.Tarmoq avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining axborot, texnik va dasturiy ta'minotini tashkil qilish asoslari
«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fanining predmeti — kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotda qo‘llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi bilimlar hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari sohasi. Yunesko tomomnidan tasdiqlangan ta‘rifga ko‘ra Axborot texnologiyalari o‘zaro bog‘langan ilmiy, texnologik, muhanislik fanlarining komleksini ifodalaydi. Bu kompkleks axborotga ishlov berish, insonlarning hisoblash texnikasi bilan muloqot qilish, amaliy qo‘llash, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aspektlarini o‘rganishning usullarini o‘rganadi. Axborot texnologiyalari sohasi intellectual va vositachi bo‘lgan Elektron xizmatlarni ifodalaydi. Ular apparat ta‘minot, dasturiy ta‘minot, AT-xizmatlari sohasi, apparat va dasturiy ta‘minlash sohalarin o‘z ichiga oladi.
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o’zbelgilash va “oyoqqa turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi. Multmediyali texnik vositalarga ega bo’lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida murojaatlarni tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi. Gipermediya tizimlari faqat matnni emas, balki tasvirni, raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o’zaro bog’lash imkonini beradi.Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo’llanmalari, spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar yordamida tarqatish imkonini beradi.
Ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi.
Bu terminalogiyaga mos xolda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa buladi. TATda qo’llaniladigan Elektron vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi.