Iqtisodiyotda informatsiyon kommunikatsiyon texnalogialar



Yüklə 198,99 Kb.
səhifə1/2
tarix07.05.2023
ölçüsü198,99 Kb.
#109199
növüReferat
  1   2
IKT MOLIYA 22.04.2023



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



ANDIJON FAKULTETI
Moliya va moliyaviytexnalogiya” yo’nalishi
I bosqich SMMT-70-22-guruh talabasi
ERGASHEV MUHAMMAD ALIning
IQTISODIYOTDA INFORMATSIYON KOMMUNIKATSIYON TEXNALOGIALAR” fanidan tayyorlagan mustqil ish
REFERATI

M.Ergashev




Kоrхоnаni bоshqаrishdа SAP ERP tizimining o’rni vа аhаmiyati.
REJA
1.Korxonalarda innovatsion loyihalarni baholash tartibi va tanlash usullari.
2.Innavatsion texnologiyalarni qo’llash sharoitida korxonaning zamonaviy holati.
3.Korxonalarmi boshqarishda innovatsiyon jarayonlar samaradorligini oshirish yo’llari.

1.Korxonalarda innovatsion loyihalarni baholash tartibi va tanlash usullari



Bugungi bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo’jalik yurituvchi subyektlarning texnika va texnologiyalarni takomillashtirishni, yangi texnologiyalar asosida iste’molichilar talablariga mos keladigan raqobatbardoshinnovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni talab qiladi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash, jahon bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish hamda innovatsion loyihalarni rag’batlantirish borasida ishlab chiqilgan dasturlar asosida so’nggi yillarda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
“Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardrshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda,
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish davlatning muhim investitsion tadbirlaridan biri bo’lib, quyidagi strategik vazifalar bajarilishini ta’minlaydi:

  • fan-texnikaning ilg’or yutuqlari amaliyotga tatbiq etilishi orqali milliy iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan texnologik qayta qurilishini ta’minlash;

  • mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishida fan texnika va innovatsion potentsialni saqlab qolish va rivojlantirish.

Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, global iqtisodiy raqobatda faqatgina fantexnika rivojiga qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlari nisbiy ustunlikka ega bo’ladi. Mutaxassislar fikricha, rivojlangan dunyo mamlakatlari 50 ta makrotexnologiyaning 45 tasiga egalik qiladi, 80-90 % yuqori texnologiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda ushbu mahsulotlar eksportining deyarli barchasi rivojlangan mamlakatlar hissasiga to’g’ri kelmokda1.
Innovatsiyalarni tashkil qilish mohiyati funksiyasi qabul qilingan IK rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish maqsadida belgilangan rejaviy vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi. Buning uchun kerakli resurslar hajmini belgilash, masalalarini taqsimlash, ijro etuvchilar vaqtini belgilash, ishtirokchilar kooperatsiyasini aniqlash, nazoratni ta'minlash va boshqa ishlar qilish kerak bo'ladi. (2-rasm). Barcha darajadagi boshqaruvchilar faoliyatining salmoqli qismini egallagan innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion menejmentning
asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Innovatsion menejmentda tashkil etish qabul qilingan rejaviy qarorlarni samarali bajarish maqsadida innovatsion jarayonning barcha elementlarini vaqt va oraliq bo'yicha maqsadga muvofiq birligini ta'minlaydi, innovatsiyani tashkil qilishni tizimlashtirilishi va turlanishning

muhim belgilari bo'lib tashkiliy qarorlarni vujudga kelish vazifalari, shakllari va usullari tushuniladi.


Innovatsion menejmentda innovatsiyani tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi. Innovatsiyalar tuzilmasi shakllari mazmun jihatidan innovatsion loyihalarni olib borishda mehnat taqsimotining turli usullaridan iborat. Innovatsiyaning bunday tashkil etish shakllariga konsentratsiya, ixtisoslashganlik, kooperatsiyalanish va kombinatsiyalanishlarni kiritish mumkinKonsentratsiya ma'lum bir yo'nalishdagi innovatsiyalarning tobora kattaroq miqyosda yirik firma IKlarga jamlanish jarayonini bildiradi. Innovatsion faoliyatning konsentratsiyalanishga intilishi xuddi kichik innovatsion biznesning kengayish jarayoni kabi biznesning eng ilg'or sohalariga mablag'larni innovatsiya qilishdek tabiiy bozor omillaridan biridir. Ixtisoslashganlik innovatsiyalarni tashkil qilish shakli sifatida lKlarni tashkiliy tuzilmalarini barpo qilishda va uning innovatsion ko'rinishini chegaralash yo'llari, hamda kichik bo'limlarga ma'lum turdagi ishlar va mahsulotlarni biriktirishda qo'llaniladi. Bunda innovatsion ko'rinish kengligi IK ixtisoslashganligi doirasida innovatsion jarayon mustahkamligi va rivojlanish sur'atlari asosida turlicha bo'lishi mumkin. Kooperatsiyalash zamonaviy shartlar asosida tashkil etishning muhim shakli sifatida dunyo tajribasida innovatsion loyihalar o'tkazilishida tan olingan. Kooperatsiyalash IK ixtisoslashganligi va loyihalarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tashkilotlararo hamkorlikni chuqurlashuvi, innovatsion sohada xalqaro koordinatsiyaning rivojlanishi, miqyosli ilmiy ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirish natijasi sifatidadir. Kombinatsiyalanish innovatsiyalarni tashkil qilishda lKlardagi allaqachon olingan natijalar yoki xomashyo, encrgiya va materiallardan ikkilamchi foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va innovatsion jarayonlarni tashkil etishda va amalga oshirishda namoyon bo'ladi. Qo'shimcha samarali effekt olish uchun firmalar bazaviy bilimlar doirasida qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazib, ularni yangi sohalarga joriy etadi. Yuqorida sanab o'tilgan innovatsion jarayonlar tashkil etishning shakllari tashkiliy qarorlarni tayyorlashda asosiy qurol bo'lib xizmat qiladi. Ular rasmiy hamda norasmiy ko'rinishga ega boiishi mumkin. Korxonalarda innovatsion faoliyatning rivojlanishi nafaqat yaratilayotgan innovatsion mahsulotning texnik ko’rsatkichlariga, balki ushbu innovatsion loyiha xarajatlarini to’g’ri boshqarishga ham bog’liq. Hozirgi kunda yangi mahsulotlarni o’zgaruvchan tashqi va ichki bozorlarga moslashtirishda xamda korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion loyihalar xarajatlari hisobi uchun usulni to’g’ri va mosqilib tanlash alohida ahamiyat kasb etadi. Innovatsion loyihalar haqiqatan innovatsiyani amalga oshirishga olib keladigan yoki maqsad bilan ko’zlab qilingan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing harakatlaridir. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoni korxonining butun xo’jalik faoliyatini qamrab oladigan bir nechta birbiriga bog’liq bosqichlarda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonning har bir bosqichini ma’lum bir mablag’larsiz va xarajatlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Ushbu xarajatlar hisobi yetarli darajada murakkab va ko’pqirrali, chunki xarajatlar turli hisobot davrlariga to’g’ri kelishi, shakllanish joyi va shakli har xil hamda moliyalashtirish manbalari turlicha bo’lishi mumkin.

2.Innavatsion texnologiyalarni qo’llash sharoitida korxonaning zamonaviy holati.


Respublika bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko’rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori chiqqan.


Ushbu qarorga munosib bozorlarga quyidagi innovatsion texnologiyalar kiritilmoqda.
hududini obodonlashtirishga, obyektlarni joylashtirishga va bozorni
jihozlashga qo’yiladigan umumiy talablar.
Bozorda quyidagilar bo’lishi kerak:

  • asfaltlangan (chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar sotish bozoridan tashqari), yaxshi yoritilgan, yondosh hududdan to’siq bilan ajratilgan savdo maydoni;

bozorda ish vaqti tugagandan keyin yopiladigan kirish va chiqish joylari;
bozorning nomi, ixtisoslashuvi va ish tartibi ko’rsatilgan holda davlat tilida rasmiylashtirilgan peshlavha;

  • jihozlangan va tartib raqamlari qo’yilgan turg’un hamda mavsumiy savdo rastalari va savdo qilish uchun joylar, turg’un savdo shoxobchalari (shu jumladan pavilonlar). Bunda bozor ma’muriyati tasdiqlagan va bozor ob’ektlarining joylashish sxemasi ko’rinarli joyga osilgan va ob’ektlarning amalda joylashgan o’rni, shuningdek bozor rastalari va savdo o’rinlarining joylashishi xaridorlarning bozorda erkin yurishini hamda savdo rastalari va joylariga bemalol borishini ta’minlashi kerak; davlat soliq xizmati organlari, hududiy ichki ishlar organlari, sanitariyaepidemiologiya nazorati, tibbiyot punkti, davlat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi yoki davlat veterinariya xizmati organlarining tayanch punktlarini joylashtirish uchun xonalar (mol go’shti va o’simliklardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda);

  • buyumlarni saqlash joylari, dezinfektsiyalovchi moddalarni saqlash, go’sht mahsulotlarini maydalash (go’sht sotishda) uchun alohida xonalar;

  • sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalarni prokatga berish punkti;

  • o’lchov–tortish vositalarini prokatga berish punkti (ilgari foydalanishda bo’lgan mol-mulkni sotish bozorlaridan tashqari);

  • avariya hamda favqulodda vaziyatlar holatlarida yong’inni o’chirish va aholini xabardor qilish vositalari; bozorlar hududida va unga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari, suv quvurlari, yuz-qo’l yuvgichlar, axlat to’plagichlar, radiouzel va boshqa zarur infratuzilma ob’ektlari.

Ushbu innovatsiyalarni amalga oshirish uchun 5 – jadvalda ko’rsatilgan resurslardan foydalaniladi
Bozor hududi dehqon bozori, chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozori, ilgari foydalanishda bo’lgan mol-mulkni sotish bozori bir-biri bilan yondosh bo’lmasligi sharti bilan aniq ajratib qo’yilgan bo’lishi kerak.
Bozor hududi savdo kompleksi bilan yondosh bo’lishi mumkin.
hududida quyidagilar taqiqlanadi:

  • obyektlarni joylashtirishning tasdiqlangan sxemasidan tashqari

qo’shimcha savdo o’rinlarini tashkil etish;
yuklarni tashish uchun mo’ljallangan vositalar (konteynerlar)dan oziqovqat tovarlarini sotish;
nooziq-ovqat tovarlarini sotish, turg’un savdo shoxobchalari orqali sotish bundan mustasno;
oziq-ovqat tovarlarini avtomashinalardan sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashgan avtotransport va asbob-uskunalardan sotish bundan mustasno.
3.Korxonalarmi boshqarishda innovatsiyon jarayonlar samaradorligini oshirish yo’llari
Iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarning innovatsion rivojlanish xiliga o’tishning tashkiliy boshqaruv jarayonining ta’minlanishi quyidagi tadbirlar majmuasidan iborat:

  • koroxonaning ishlab chiqarish va sotish operatsiyalarini mar-

kazlashtirish;

  • mahsulotlarni oddiy maqsadlar va operatsiyalar orqali ishlab chiqarishga yordam beruvchi egiluvchan tashkiliy texnologik tizimini yaratish. Buning asosida ilmiy ishlab chiqarish tizimini yangi avlodni qabul qilish yoki mukammallashtirish yotadi;

  • istiqbolli sohalarni egallashga qaratilgan innovatsion tadbirkorlik firmalarni, ilmiy laboratoriyalarni yaratish;

  • o’zida istiqbolli ilmiy izlanishlarni va ishlab chiqarish, moliyalashtirishni, ularning natijalaridan foydalanish huququni egallash, mutaxassislarni o’qitish va qayta o’qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash, maslahat berish xizmatlarini olgan ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni shakllantirish;

  • ilmiy izlanish ishlarini olib boish uchun boshqa firmalar bilan aloqani tashkil etish, yangilik firmalarni tashkil etish. Yirik innovatsion loyihalarni amalga qo’llash;

  • yetakchi mutaxassislardan keng integratsiyalashuvga o’tish asosida boshqaruvni demokratik va koodinatsion usullarini rivojlantirish.

Bunda tashkiliy strukturani odatda tekis deyiladi, shuning bilan birga yuqori boshqaruvchilar va ijrochilar orasida daraja eng minimal hisoblanadi:



Yüklə 198,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin