O
OBLIGASIYA - qimmatbaho qog'ozning bir turi, qarz
majburiyati. qarz olgan shaxsni O.ni sotib olgan shaxsga to'lashi lozim
bo'lgan yozib qo'yilgan qiymatga oldindan belgilangan foiz hisobidagi
yillik to'lovining miqdorini belgilab beradi. O.lar bo'yicha daromad
yutuqlar ko'rinishida maxsus tiraj o'yinlarida yoki kupon ko'rinishida
to'lanishi mumkin.
P
PASSIV - buxgalteriyada balansning buromad, xarajat, chiqim
qismi; korxona, muassasa va shu kabilarning majburiyat va qarzlari
majmui.
PATENT - (lat. patens-guvohnoma, yorliq)- 1) xususiy tarzda
tadbirkorlikning biror bir turi bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi
guvohnoma, tegishli hujjatlar asosida moliya organlari tomonidan
beriladi; 2) ilmiy kashfiyot va ixtiroga mualliflikni tasdiqlovchi
guvohnoma. P. davlat tomonidan patentlashtiriladi.
POLIS - (fr.police, ital, pollissa-tilxat)-shaxsiy yoki mulkiy
sug'urta shartnomasi tuzilgani va uning shartlari haqidagi hujjat.
PUL - (fr.protectionnisme, lat.protection-himoya) hamma tovarlar
va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent bo'lgan maxsus
tovar, bozor iqtisodiyotining asosiy vositasi.
Dostları ilə paylaş: |