TADBIRKOR - iqtisodiy resurslarini bir-biriga qo'shilishini
ta'minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy
va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo'rqmaydigan kishilar. Bunday
xislatlar tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
TALAB - ma'lum vaqtda narxlarning ma'lum darajasida sotib olish
mumkin bo'lgan tovarlar xizmatlar miqdoridir.Talab pul bilan
ta'minlangan ehtiyojdir.
TALAB QONUNI - mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar
miqdori o'rtasida bo'ladigan teskari yoki qarama - qarshi bog'liqlikning
mavjudligidir.
TAKLIF - ishlab chiqaruvchilar ma'lum vaqt ichida ishlab
chiqarishga qodir bo'lgan narxning har bir darajasida bozorga sotishga
chiqaradigan
mahsulotlar
miqdoridir.
Dostları ilə paylaş: |