TOVAR XO'JALIGI - (bozor) bu tovar ishlab chiqarishga
asoslangan va bozor orqali ishlab chiqarish bilan iste'mol o'rtasidagi
o'zaro aloqadorlikni ta'minlovchi, iqtisodiyotni tashkil qilishning ijtimoiy
shaklidir.
TOVAR - bozordagi oldi-sotti orqali ayirboshlanadigan mehnat
mahsuli. T. o'zini ishlab chiqaruvchilarining emas, balki bozorda sotish
orqali boshqalarning talab-ehtiyojini qondirish uchun yaratiladi. T.
iste'mol qiymati- bu uning kishilarning biron-bir ehtiyojlarini qondirish
xususiyatidir, almashuv qiymati esa uning boshqa bir tovarga almashina
olish xususiyati, qiymat xususiyatidir.
Dostları ilə paylaş: |