SOF FOYDA - korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan
daromaddan mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng
korxona ixtiyorida qoldirilgan foyda.
SOF MILLIY MAHSULOT - (SMM) -yalpi milliy mahsulotdan
amortizasiya ajratmalari summasini chegirib tashlangandan qolgan
qiymat summasi.
(ingl.sponsor)-bironta tadbir yoki faoliyatni amalga
oshirishda moliyaviy yordam ko'rsatuvchi puldor, obro'-e'tiborli shaxs,
firma, korporasiya, tashkilot va boshqalar.
SUPERMARKET - xaridorning o'z-o'ziga xizmat qilishiga
asoslangan keng tarmoqli magazin. S. tovarlarning hamma turlari bilan,
jumladan, import tovarlar bilan savdo qiladi, xaridorlarga bepul
maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma asosida xaridor manziliga
yetkazib beradi, boshqa tovarlarni sotib olishga ko'maklashadi va boshqa
shunga o'xshash xizmatlarni ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |