Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli


F  FERMER  XO'JALIGI  -



Yüklə 105,97 Kb.
səhifə59/67
tarix02.01.2022
ölçüsü105,97 Kb.
#39958
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli-fayllar.org



FERMER  XO'JALIGI  -  mustaqil  xo'jalik  yuritish    sub'yekti. 

Alohida  shaxs,  oila  yoki  bir  guruh  fuqarolar  tomonidan  yerdan 

foydalanib,  qishloq    xo'jalik  mahsulotlarini  yetishtirish,  ularni  qayta 

ishlash  va  sotishga  asoslanadi. F.X. erkin    tadbirkorlikning  bir  ko'rinishi 

bo'lib, daromad olish maqsadida tuziladi. 

 

 



FERMER  -  qishloq    xo'jalik  korxonasining  egasi.  Mustaqil  ish 

yurituvchi -tadbirkor. 

 

FIRMA  -    inglizcha    (firm  ,  firm’s  Ftrade  name)    so'zlaridan 

olingan  bo'lib,  tijorat    maqsadlarini  ko'zlovchi  korxona,  kompaniya  va 

boshqa xo'jalik tashkiloti degan ma'noni anglatadi. 

 

FOYDA - 1) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat; 

2)  daromadning  xarajatga  nisbatan  farqidan  tashkil  topgan  summa, 

mablag'  ,  daromad;  3)  qarzga  berilgan  puldan  foydalanilganligi  uchun 

qarzdordan qarz beruvchi  (kreditor) oladigan qo'shimcha pul, haq. 

FOND  -  davlat,  korxona,    firmalarning  biror-bir  maqsad  uchun 

mo'ljallangan pul vositalari yoki moddiy  boyligi, mablag'lari. 

 

FOND  BIRJASI  -    qimmatbaho      qog'ozlar    bilan  savdo-sotiq 

qilish  maqsadida  tuzilgan,  doimo  faoliyat    ko'rsatib  turuvchi  birja.  F.B. 

ning  asosiy  vazifalari  quyidagilardan  iborat  :  vaqtincha  bo'sh 

mablag'larga qimmatbaho  qog'ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish

qimmatbaho    qog'ozlarning  bozor  narxini  aniqlash;  turli  tarmoqlar, 

korxonalar o'rtasidagi kapitalning aylanishini ta'minlash va boshqalar. 

 

FRANCHAYZA - foydalanish uchun  tayyor korxona, firma yoki 

mashhur  firma  mahsulotining  savdo  markasidan  foydalanilgan  holda 

amalga oshiriluvchi biznes yuritish usuli. 


 


Yüklə 105,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin