FYUCHERS
OPERASIYALARI
-
birjalarda
amalga
oshiriladigan savdo-sotiq operasiyalari. Bu operasiyalar shartnoma
tuzilganidan so'ng ishlab chiqariladigan yoki yetishtirib beriladigan
mahsulotlar bo'yicha amalga oshiriladi. Odatda, ushbu shartnoma
tuzilgandan so'ng buyurtmachi bajaruvchiga avans tariqasida ma'lum
summani o'tkazib beradi.
X
XALQARO VALYUTA FONDI - xalqaro moliya valyuta
tashkiloti. Uni tuzishdan maqsad xalqaro savdoni rivojlantirish, valyuta
kursini, me'yorlarini, nisbatlarini belgilash, ko'p tomonli to'lovlar tizimiga
rioya qilinishini nazorat qilish hamda fond a'zolariga valyuta
yetishmovchiligi holatlarida kredit, qarz berishdir.
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI - alohida mamlakatlarning
tovar va xizmatlar ma'lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.
XOLDING - (ingl.holding- ega)-o'zga firma, korxonaning nazorat
paketini o'zida ushlab turuvchi bosh kompaniya. X. qo'l ostidagi
kompaniyalarni rivojlantirib, daromadni ko'paytirish bilan birgalikda o'zi
ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Huquqiy nuqtai nazardan
aksionerlik jamiyati, mas'uliyati cheklangan jamiyat yoki xususiy
korxona sifatida harakat qiladi.
XUSUSIY - 1) biror shaxsning yolg'iz o'ziga qarashli, tegishli
bo'lgan mulki, shaxsiy; 2) ayrim shaxslar tomonidan yakka tartibda
amalga oshiriladigan; 3) muayyan bir narsa yoki mavzuga
bag'ishlangan.
Dostları ilə paylaş: |