boshqalarda ustav K. zahira K. aksionerlik jamiyati K. kabi turlari
KAMOMAD - mol; pul va shu kabilarning tegishli miqdoridan
kam chiqqan qismi.
KARTEL
-
(fr.cartel,
ital.cartello
carta-qog'oz,
hujjat)-
monopolistik birlashmaning bir ko'rinishi : yirik korxona egalarining
bozorda tanho hukmdorlik qilish, ko'p foyda olish maqsadida tuzgan
uyushmasi. Uyushmaga kiruvchilar mahsulot hajmi, narxi, ishchilar
yollash sharti, patentlar ayirboshlash, bozorlarni bo'lish, umumiy
mahsulot ishlab chiqarishdagi har bir qatnashchining kvotasi va shu
kabilar bo'yicha kelishib olishlari. K.ning boshqa uyushmalardan
(konsern, trest) farqi unga kiruvchilar xo'jalik yuritish mustaqilligini
saqlab qoladilar.
KASSA - 1) pul, qimmatbaho qog'ozlar saqlanadigan po'lat
sandiq, quti, shkaf; 2) muassasa, korxonalarning pul qabul qilish, pul
berish, bilet sotish va shu kabilar bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi
bo'linmasi; 3) muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul.
KVOTA - davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni
ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklanishlarni
joriy etilishi. K. shartlarini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy
jihatdan jazolanadi. K. o'rnatishdan maqsad bozordagi narx-navoni
tartibga solib turishdir.
KICHIK BIZNES - bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
o'ziga mustaqil mayda korxonalarning daromad olish maqsadida amalga
oshiradigan faoliyati.
KLIRING - (ingl.clearing. clear- tozalash, ravshanlashtirish)-
o'zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib, amalga oshiriladigan naqd
pulsiz hisob-kitob tizimi. Mamlakat ichidagi K. banklar o'rtasidagi
to'lovlarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarni o'z ichiga oladi. Xalqaro hisob-
kitoblarda K. kelishuvlar (kliring kelishuvlari, valyuta K.) ko'rinishida
amalga oshiriladi. Davlatlararo o'zaro qarzlarini tilla va valyutaga
o'tkazmasdan savdo-sotiq talablariga ko'ra amalga oshiradilar. Masalan,
paxta tolasi o'rniga uning qiymatiga teng miqdorda mashina, asbob-
uskuna olish.
Dostları ilə paylaş: