Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli



Yüklə 105,97 Kb.
səhifə33/67
tarix02.01.2022
ölçüsü105,97 Kb.
#39958
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli-fayllar.org

KALKULYASIYA  -  mahsulotning  o'lchov  birligini  yoki 

bajarilgan ishning tannarxini hisoblash. 

 

KAPITAL - (nem. Kapital- asosiy mulk. lat.capitalis- eng muhim, 

asosiy  bosh)-biror  maqsadga  yo'naltirilishga  mo'ljallangan  pul  mablag'i, 

boshlangich, doimiy, o'zgaruvchan, asosiy va aylanma kapital kabi turlari 

mavjud.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida    tashkilot,  korxona,  firma    va 

boshqalarda  ustav  K.  zahira  K.  aksionerlik  jamiyati    K.  kabi  turlari  

mavjud. 


 




KAMOMAD  -  mol;  pul  va  shu  kabilarning  tegishli  miqdoridan 

kam chiqqan qismi. 

 

KARTEL 



(fr.cartel, 

ital.cartello 

carta-qog'oz, 

hujjat)- 

monopolistik  birlashmaning  bir  ko'rinishi  :  yirik  korxona  egalarining 

bozorda  tanho  hukmdorlik  qilish,  ko'p  foyda  olish  maqsadida  tuzgan 

uyushmasi.  Uyushmaga  kiruvchilar  mahsulot  hajmi,  narxi,  ishchilar 

yollash  sharti,  patentlar  ayirboshlash,  bozorlarni  bo'lish,  umumiy 

mahsulot  ishlab  chiqarishdagi  har    bir  qatnashchining  kvotasi  va  shu 

kabilar  bo'yicha  kelishib  olishlari.  K.ning  boshqa  uyushmalardan 

(konsern,  trest)  farqi  unga  kiruvchilar  xo'jalik  yuritish    mustaqilligini 

saqlab qoladilar. 

 

KASSA  -  1)  pul,  qimmatbaho    qog'ozlar  saqlanadigan  po'lat 

sandiq,  quti,  shkaf;  2)  muassasa,  korxonalarning  pul  qabul  qilish,  pul 

berish, bilet sotish va shu kabilar bilan ish yurituvchi, muomala qiluvchi  

bo'linmasi; 3) muassasa, korxona va shu kabilardagi bor pul. 

 

KVOTA  -  davlat    va  xalqaro    tashkilotlar    tomonidan  tovarlarni 

ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklanishlarni 

joriy  etilishi.  K.  shartlarini  buzgan  mamlakat  yoki  korxona  iqtisodiy 

jihatdan  jazolanadi.  K.  o'rnatishdan  maqsad  bozordagi  narx-navoni 

tartibga solib turishdir. 

 

KICHIK BIZNES - bozor iqtisodiyoti rivojlangan  mamlakatlarda 

o'ziga  mustaqil mayda korxonalarning daromad olish  maqsadida amalga 

oshiradigan faoliyati.      

 

KLIRING  -  (ingl.clearing.  clear-  tozalash,  ravshanlashtirish)-

o'zaro  talab  va  majburiyatlarni  hisobga  olib,  amalga    oshiriladigan  naqd 

pulsiz  hisob-kitob  tizimi.  Mamlakat  ichidagi  K.  banklar  o'rtasidagi 

to'lovlarni, naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  o'z  ichiga    oladi. Xalqaro  hisob-

kitoblarda  K.  kelishuvlar  (kliring  kelishuvlari,  valyuta  K.)  ko'rinishida 

amalga  oshiriladi.  Davlatlararo    o'zaro  qarzlarini  tilla  va    valyutaga 

o'tkazmasdan  savdo-sotiq  talablariga  ko'ra  amalga  oshiradilar.  Masalan, 

paxta  tolasi  o'rniga  uning  qiymatiga  teng  miqdorda  mashina,  asbob-

uskuna olish. 

 


Yüklə 105,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin