IQTISODIY MANFAATLAR - bu kishilarni harakatga
keltiruvchi, ularni hatti-harakatini, intilishini, xulq- atvorini belgilovchi
kuch. Shaxs, jamoa, davlat va milliy manfaatlardan iborat.
ICHKI MILLIY MAHSULOT - bir yil davomida mamlakatda
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard
mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati.
K
KADASTR - 1) jon boshidan olinadigan soliq to'lovchilar
ro'yxati; 2) vaqti-vaqtida yoki uzluksiz kuzatish natijasida tegishli
ob'yekt xususida struktura, tuzilma ma'lumotlar to'plami; masalan, suv
kadastri-daryolar, ularda o'tkazilgan tekshirishlar haqidagi ma'lumotlar
to'plami; 3) ko'chmas mulkni baholash, uni ro'yxatini yuritish bilan
shug'ullanuvchi davlat tashkiloti.
Dostları ilə paylaş: |