IQTISODIYOT - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli
foydalanib, insonlar uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab
chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog'liqlikda
amal qiladigan faoliyatlar birligidir.
IQTISODIYOT NAZARIYASI - kishilik jamiyati ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlarni va ularga xos bo'lgan qonunlarni
o'rganadigan fan.
IQTISODIY SIYOSAT - hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish sohasidagi davlatning aniq
maqsadga yo'naltirilgan tadbirlari tizimidan iborat.
IQTISODIY KATEGORIYALAR - jamiyat iqtisodiy hayotining
asosiy
va
eng umumiy
tomonlarini
aks ettiruvchi
mantiqiy
tushunchalardir.
|