ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan davlatning chora tadbirlaridan
IJTIMOIY IQTISODIY EHTIYOJLAR - kishilarning yashashi,
mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo'lishi uchun iste'mol
etilishi zarur bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat
tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish
zarurati hamdir.
IMPORT OPERASIYALARI- mahsulotni xorijiy sheriklardan
sotib olish va mamlakatga olib kirish.
IMPORT - (lat.importo-kiritaman) - 1) mamlakat ichiga
foydalanish yoki sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar;
2) kapital I.- xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va
boshqa); 3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va
qiymati.
INVESTISIYA - (nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)-
investor tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital
mablag'larni, sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish.
I. mamlakat ichida (ichki investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi
investisiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si- qimmatbaho
qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini jamg'arish va boshqalarni, real
I.- moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o'z ichiga oladi.
INVESTOR - kapital mablag' sarflayotgan davlat, tashkilot,
korxona yoki shaxs.
INJINIRING - tijorat ko'rinishida har tomonlama maslahatlarini
beruvchi mustaqil faoliyat doirasi. Bu faoliyat ishlab chiqarishning
o'sishini, mahsulotlarni sotishni, ob'yektlarni qurish va ulardan
foydalanish jarayonini ta'minlaydi. Injiniring xizmati ikki guruhga
bo'linadi : 1) ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash; 2) ishlab chiqarish va
mahsulot sotish jarayonini to'la ta'minlash.
Dostları ilə paylaş: