JAHON VALYUTA TIZIMI - jahon bozorining rivojlanishi
asosida tarkib topgan va davlatlararo bitimlar bilan mustahkamlangan
xalqaro pul-kredit munosabatlari.
JAHON PULI - xalqaro miqyosida hamma uchun qo'llaniladigan
umumiy muomila va to'lov vositasi, baynalminal qiymat ifodasi. M:
ma'lum mazmundagi oltin yoki xalqaro miqyosda obro'-e'tiborga ega
bo'lgan milliy pul birligi.
I
IJARA - (arab)-mustaqil xo'jalik yuritish yoki boshqa biror
faoliyatni amalga oshirish maqsadida yer, suv, korxona va boshqa mulkka
egalik qilish hamda vaqtincha foydalanish uchun to'lanadigan muayyan
haq. I. mulkka egalik huquqini o'zgartirmaydi.
IJARA SHARTNOMASI - ijarachi bilan ijaraga oluvchi o'rtasida
tomonlarning teng huquqliligi asosida tuzilgan kelishuv, shartnoma. ISH
quyidagilarni ko'zda tutadi; 1) ijaraga olinayotgan mulk tizimi va
qiymatini; 2) ijara to'lovi miqdorini; 3) ijara muddatini; 4) ijaraga
berilgan mulkni ta'mirlash va to'la tiklash bo'yicha tomonlar
majburiyatini; 5) mulkni shartnomada kelishilgan holda ijarachiga
yetkazishni.
Dostları ilə paylaş: |