DEFISIT - kamyob, noyob, 1) biror- bir narsaning yetishmasligi ;
2) sarf-xarajatlarning daromaddan ortishi, zarar.
DEFLYASIYA - (lat. deflatio-nuflamok)-inflyasiya davrida
chiqarilgan muomaladagi qog'oz pul miqdorini kamaytirish. Davlat
tomonidan moliya va pul-kredit tadbirlarini qo'llash orqali amalga
oshiriladi.
DEHQON XO'JALIGI - oilaviy mulkka asoslanuvchi, oila
a'zolari yoki qarindoshlarning birgalikda mehnati bilan yer uchastkalarida
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan tovar xo'jaligidir.
DIVIDEND - aksioner, aksiya egasining daromadi ; aksionerlik
jamiyati foydasining bir qismi.
DILER - (dealer) -o'z hisobiga birja yoki savdo vositachiligi bilan
shug'ullanuvchi ishbilarmon.
DOTASIYA
-
tashkilot,
korxonalarga
davlat
tomonidan
beriladigan yordam puli, moddiy yordam, qo'shimcha to'lov. Asosan
zararni qoplash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |