L
LIZING - asosiy fondlarni uzoq muddatga ijaraga olish.
Yangiliklarni, ishlab chiqarish va sotishni moliya bilan ta'minlash usuli.
L. sanoat korxonalariga bir yo'la katta miqdorda pul sarf qilmasdan
kerakli mahsulotlarni olish imkonini beradi. L. ikki ko'rinishda :
moliyaviy va tezkor bo'ladi. Moliyaviy L. ijaraga olingan fondning to'la
qiymatini va ijarachi foydasini qoplashni ko'zda tutadi. Tezkor L.-
amortizasiya davridan qisqa muddatga tuzilgan kelishuv.
LIMIT - xo'jalik faoliyati turli jihatlari miqdorining cheklanishi,
faoliyat doirasi, chegarasining belgilanishi. L. davlat yoki yirik birlashma
tomonidan o'z korxonasi uchun o'rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: